ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM “O‘zbek tili va adabiyoti” yo’nalishi tinglovchilari prof. Z. Mirzayeva rahbarligida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari” moduli doirasida “Shahidlar hiyoboni”ga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Vatan ozodligi va xalqimiz erkinligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. Shahidlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan majmua bilan tanishish jarayonida ularning matonati, vatanparvarligi va fidoyiligi haqida so‘z yuritildi.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz aynan ana shunday qahramon insonlarning jasorati va mardligi evaziga ekanligi alohida ta’kidlandi. Bunday maskanlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Related items
Tashrif
2026 -yil 3-aprel kuni ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek ad
Navro’z bayrami
ToshDO’TAU hamda universitet huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida Navro‘z umumxalq bayrami m
Xorijiy seminar
Bugun ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida Yevropaning nufuzli Corvinus universit





