O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 26-sentabrdagi 278-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12- iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 152-sonli qarori asosida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o’z faoliyatini boshladi.

Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi o‘rinlarda matnda Universitet deb yuritiladi) qaror va buyruqlari asosida olib boradi.

  Tarmoq markaz missiyasi.   Tarmoq markazining missiyasi  universitetning umumiy missiyalari, maqsadi va rivojlanish konsepsiyalariga mos shaklda quyidagilardan iborat:

– ta’lim jarayonini   sifat jihatidan bosqichma -bosqich yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

o‘quv reja va dasturlarni zamon talablari, xalqaro standartlarga mos ravishda yangi fanlar bilan yanada takomillashtirib borish;

– jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish;

– o‘quv-pedagogik faoliyatga, tarmoq markazida master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish;

– markazga ta’limi rivojlangan mamlakatlarda tahsil olgan, xorijda uzoq muddatli malaka oshirish kurslarini tamomlagan, xalqaro tajribaga ega professor- o‘qituvchilarni keng jalb  etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish;

– markaz malaka oshirish tinglovchilarining nazariy va amaliy  bilimlari integratsiyasini yo‘lga qo‘yish;

-tarmoq markazini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

– tarmoq markazi professor- o‘qituvchilarining   ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlarini oshirib borish;

– tarmoq markazini moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;

– tarmoq markazini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash;

-professor – o‘qituvchilarning  tadqiqotlari, xalqaro loyihalari va ijodiy faoliyatlari orqali tarmoq markazning ilmiy-metodik ta’monitini yanada kengaytirish va ulardan ta’lim  jarayonida foydalanish.

Tarmoq markazi o’zbek tili va adabiyoti fanini  eng ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalangan holda jahon standartlariga mos keladigan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalar, o’qitish usullari hamda metodlar asosida o’qitishga, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan oliy ta’lim muassasalari mutaxasislari bilan raqobatga kirisha oladigan mutaxasis kadrlarni tayyorlashga,  ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning hamda ushbu soha bo‘yicha pedagogik kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirishga, o‘zbek tili va adabiyotining tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy va innovatsion tadqiqot ishlari samaradorligini yanada kuchaytirishga  yordam berish maqsadida 4 ta:

  1.  “O‘zbek tili va adabiyoti”;
  2.  “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek adabiyotshunosligi”;
  3.  “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek tilshunosligi
  4.  “O‘zbek –ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti”

yo‘nalishlarida 2 oylik (288 soatli) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari  o’z faoliyatini samarali olib bormoqda.

Xorij ta’lim tajribalari asosida 2020-yilda o‘quv rejalari xalqaro satandartlar bilan yanada takomillashtirildi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari, xususan, Kembrij universitetida o‘qitiladigan “Ta’limda baholash nazariyasi va metodologiyasi” (“Testologiya”) moduli, оahon adabiyot o‘qitish tajribalarini o‘rgangan holda “Jahon adabiy ta’limining ilmiy-nazariy asoslari”б“Adabiyot o‘qitishning yangilash metodikasi”,   “Lingvodidaktika” kabi yangi  modullar kiritildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 14-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida kasbiy (pedagogik) qayta tayyorlash kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi 479-sonli buyrug‘i asosida Ichki ishlar Ishlar Vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi va 100 nafar tinglovchi kursni muvaffaqiyatli tamomladi. Bundan tashqari,O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar kesimida ona tili va adabiyot fanlarida  yangilanishi kutilayotgan darsliklar yuzasidan “O‘zbek tilida to‘rt ko‘nikma: tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozib tushunish va gapirish” va “Adabiyot fanlarini o‘qitishda xalqaro standartlar” nomli qisqa o‘quv kurslari tashkil etilib, bugungi kunga qadar 42 nafar tinglovchi ushbu o’quv-kurslarini tamomladi.

Bugungi kunda tarmoq markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirining 479-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, turdosh yo‘nalishdagi nomutaxassis pedagog kadrlar qayta tayyorlashdan o‘tkazish, ularning pedagogik mahoratini Davlat talablari  va jahon ta’limi standartlari darajasiga ko‘tarish maqsadida kadrlar buyurtmachilari talablari asosida masofaviy shaklda, umumiy davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan. Universitet va barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan nopedagog professorlar, o‘qituvchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda ular qayta tayyorlash kurslariga jalb qilinmoqda.

Tarmoq markazining bimm.uz portaliga tinglovchini kursga qabul qilish, kunlik davomat, tinglovchilar safidan chiqarish, attestatsiya natijalari biln bog’liq ma’lumotlar muntazam kiritib boriladi.

Malaka oshirish kurslarida 2020-yil o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun jami 21 nafar yuqori malakali pedagog kadrlar jalb etilgan.

Professorlar – 9 nafar;

Dotsentlar –  6 nafar;

Katta o‘qituvchilar – 6 nafar;

Ilmiy salohiyat: 86 % ni tashkil etadi.

Markazda ilmiy salohiyatli, ko‘p yillik tajribaga ega professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda Kembridj, Kolumbiya, Garvard, Indiana, Michigan, Gumbold, Syurix, Tokiyo kabi jahonning  nufuzli universitetlarida tahsil olgan va malaka oshirgan  yosh mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqdalar.

Tarmoq markazi ma’muriy xonalar, o‘quv auditoriya xonalari, kompyuter xonasi, elektron doska va videoproektor ta’limni sifatli tashkil etishga xizmat qiladi. Tarmoq markaziga viloyatlar oliy ta’lim muassasalaridan kelgan barcha tinglovchilar uchun universitetning talabalar turar joyidan 30 ta o‘rin ajratilgan. Turar joyga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq (100%) qamrab olingan. Tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil ta’lim olishi, joriy va oraliq nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rishlari, bitiruv ishini bajarishlari uchun tarmoq markazi professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan tarmoq markaz sayti yaratilgan.

2016-2018 yillarda tinglovchilarning pedagogik amaliyoti universitet rektorining buyrug‘i asosida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha universitetning profil kafedralarida tashkil etilgan.

 O‘tgan davr maboynida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ta’lim jarayoniga yuqori malakali xorijlik mutaxassislar taklif etilgan va ular tomonidan tinglovchilar uchun har oyda master-klass, seminar-trening va davra suhbatlari tashkillashtiriladi.

Tarmoq markazida oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlari (QT va MO kursi tinglovchilari)ni attestatsiyadan o‘tkazish va baholash uchun Attestatsiya komissiyasi tarkibi shakllantirilgan.

2017-2020-yillarda tarmoq markazi professor-o‘qituvchilari quyidagi xalqaro loyihalarda g‘olib bo‘lib, loyiha natijalari tarmoq markazi o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilmoqda.

  • Erasmus+ “Class”
  • Erasmus + “International Exchange Mobility Programm”
  • Erasmus+ “International Credit Mobility Programm”
  • Erasmus+  “Stand against drugs”
  • Yaponiyaning Tokio xorijiy tillar universiteti
  • Ispaniyaning Santyago De Sompostela universiteti
  • Shvetsariyaning Syurix universiteti
  • Michigan State University
  • Amerikaning FEP- Faculty Enrichment Programm