ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI  OSHIRISH TARMOQ MARKAZI BO‘LIM

N I Z O M I 

Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyuldagi 244-son qarori asosida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  tarmoq markazi  ta’lim jarayonini tashkil qilish va sifatini o‘rganish bo‘limining (bundan keyin matnda – bo‘lim deb yuritiladi) faoliyatini belgilaydi.

  2. Bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining        2006-yil   16-fevraldagi  25-sonli  “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq  tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  dasturlari  amalga oshiriladi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari doirasida ta’lim olish uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan davlat talablari qo‘llaniladi.

           3. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bosh ilmiy-metodik markazning qaror va buyruqlariga, mintaqaviy markaz Ustavi, Nizomi  va buyruqlariga shuningdek, mazkur Nizom asosida olib boradi.

Bo‘limning maqsadi va vazifalari

         4.Oliy ta’lim muassasalari  pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, ulardagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, mintaqadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga tegishli yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha yangi bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga keng imkoniyatlar yaratib berishdan iborat.

5.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limning  ijtimoiy-gumanitar   fanlari ta’lim dasturlarining uzluksizligini va izchilligini ta’minlashni inobatga olgan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.

Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

6. Ta’lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rgazma, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

7. Xalqaro ta’lim va ilmiy muassasa hamda turli jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish.

8. Respublika va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga uyg‘un ta’lim jarayonini tashkil etish;

9. Mintaqada joylashgan oliy ta’lim muassasalarida tegishli sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda  ularning pedagoglari tarkibi malakasini va ilmiy-pedagogik salohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning darajasiga mos ravishda rivojlanishni ta’minlash;

10. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirishda mintaqaning mavjud imkoniyatlaridan keng foydalanishni tashkil etish

Bo‘lim xodimlarining huquqlari,  majburiyatlari va

lavozim vazifalari

11. Bo‘lim xodimlari har yili tasdiqlanadigan bo‘lim rejasi asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

12. Bo‘lim xodimlari ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mintaqaviy markaz Ustavi, Nizomi va Ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mazkur Nizomga rioya qilish;    

13. Bo‘lim xodimlari ish beruvchining farmoyishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

14. Bo‘lim boshlig‘i bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

15. Bo‘lim boshlig‘i bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

16. Bo‘lim boshlig‘i oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning umumta’lim dasturlarini;

17. Bo‘lim boshlig‘i malaka oshirishning ta’lim jarayoni sifatini va natijalarini tizimli tahlil qilish, monitoringini olib borish;

18. Bo‘lim boshlig‘i pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishida ilmiy loyihalarda ishtirok etish;

19. Bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari  va Farmoyishlari,  Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor va mintaqaviy markaz direktori buyruqlarining bo‘limda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

20. Bo‘lim boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini  bo‘lim xodimlariga yetkazib borish;

21. Bo‘lim boshlig‘i mintaqaviy markaz bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

22. Bo‘lim boshlig‘i mintaqaviy markaz direktoriga bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash uchun taqdimnoma beradi;

23. Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyati bo‘yicha mintaqaviy markaz direktoriga muntazam ravishda hisobot berib boradi.

24. Bo‘lim uslubchisi rahbariyat ko‘rsatmalariga muvofiq ta’lim jarayonini ta’minlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish;

25. Bo‘lim uslubchisi rahbariyat tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dars jadvallariga binoan o‘quv jarayonini ta’minlash, jumladan malaka oshirish kursi jurnallarini yuritish ishlarini tashkil etish;

26. Bo‘lim uslubchisi bo‘limda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etish;

27. Bo‘lim uslubchisi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, guruh jurnallarini muntazam ravishda yuritilishini ta’minlash;

28. Bo‘lim uslubchisi o‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida kurs tinglovchilarining davomatini nazorat etish;

29. Bo‘lim uslubchisi bo‘limdagi kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirish;

Yakuniy qoidalar

30. Bo‘lim Nizomi mintaqaviy markaz direktori tomonidan tasdiqlanib, unga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.