O‘QUV JARAYONIGA XORIJIY TAJRIBALAR TATBIQI
O‘quv jarayonlarini sifatli tashkil qilish maqsadida Hamidulla Dadaboyev, Nasimxon Rahmonov, Hamidulla Boltaboyev, Qozoqboy Yo‘ldoshev kabi Respublikamizning uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislari, jahonning nufuzli universitetlarida tahsil olgan yoki malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Jumladan, 2017-2021-yillardan beri markazda Tokio xorijiy tillar, Gumbold, Bonn, Kembrij, Indiana, Kolumbiya, Garvard, Michigan, Litvaning Vitautas Magnus universitetlari, Fransiyaning xalqaro tadqiqotlar institutida uzoq va qisqa muddatli ilmiy, pedagogik faoliyat olib borgan professor-o‘qituvchilar o‘z tajribalarini ta’lim jarayoniga keng targ‘ib qilmoqdalar.
Markaz bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 83 % ni tashkil etadi. Tarmoq markazida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar 23 nafarni tashkil etib, ulardan 9 ta professor, 10 ta dotsent, 4 ta katta o‘qituvchini tashkil qiladi.





























