2026 -yil 3-aprel kuni ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek adabiyotshunosligi” yo‘nalishi tinglovchilari prof. Zulxumor Mirzayeva rahbarligida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari” moduli doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida tinglovchilar markazda jamlangan boy tarixiy-ma’naviy meros, islomiy tafakkur taraqqiyoti hamda ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassis markazdagi beqiyos ma’naviy merosimizning chuqur ildizlarini bugungi davr bilan uzviy bog‘lab qimmatli ma’lumotlar berdi.
Tashrif tinglovchilarda tarixiy xotiraga hurmat, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Professor-o’qituvchilar «Islom sivilizatsiyasi» markazini yetti mo’jizaning biri sifatida e’tirof etdilar.





