Bugun Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi professori Zulxumor Xolmonova O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Alisher Navoiy tavalludining 585 va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ochiq seminar olib bordi.
Olima o’z ma’ruzasida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiyni har bir inson o’qib-o’rganishi lozimligi, uning asarlarida ilgari surilgan adolat, halollik, vatanparvarlik g’oyalari bugungi kun uchun ham dolzarb ekanligi xususida to’xtalib, “Layli va Majnun” va “Mahbub ul-qulub” asarlaridan parchalar o’qib eshittirdi.
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi, bu buyuk siymo shaxsiyati va ijodidagi o’ziga xosliklar, “Boburnoma” asaridagi tarixiy, ilmiy manbalar, undagi Bobur hayoti va siyosiy faoliyati to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi.
Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (https://t.me/retraincentrenavoiy) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077036864380) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UC_PH5KHsILSQtnpxXn4FDSQ) | Sayt (http://www.tiladabiyot-tm.uz/)





