ToshDO’TAU hamda universitet huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar, xalqona taomlar hamda badiiy chiqishlar orqali Navro‘zning yangilanish, mehr-oqibat va totuvlik g‘oyalari yanada chuqurroq anglatildi.
Markaz tinglovchilari ushbu bayramda faol qatnashib, milliy madaniyatimiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni namoyon qildilar hamda Navro‘zning inson qalbini poklovchi, jamiyatni birlashtiruvchi ulug‘ qadriyat ekanini yana bir bor his etdilar.





