Bugun ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida Yevropaning nufuzli Corvinus universiteti professori Georgiy Turiy bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida professor Georgiy Turiy “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi tinglovchilariga Yevropa oliy ta’lim muassasalarida til va adabiyot fanining o‘qitilish tajribalari, adabiyotda shakllanayotgan yangi janrlar hamda ularning o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.
Ko‘tarilgan mavzular tinglovchilar orasida faol muhokamalar va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Corvinus universiteti professori va markaz direktori kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.





