Qatag’on qurbonlari 2026-yil 6-fevral kuni TDO’TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi O’zbek tili filologiyasi: o’zbek tilshunosligi yo’nalishi tinglovchilari prof Z.Mirzayeva boshchiligida Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari moduli doirasida tinglovchilar taklifiga binoan Qatag‘on qurbonlari ijodkorlarini yod etish maqsadida Adiblar hiyoboniga tashrif buyurdilar. Sayyor mashg’ulot doirasida milliy uyg’onish g’oyasini jamiyatga singdirgan jadid ziyolilari – Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir, bir guruh ziyolilar «xalq dushmani» degan soxta ayblovlar bilan qatag’on qilingani, qatag‘on qurbonlari xotirasi yosh avlod uchun jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik timsoli bo’lib xizmat qilishi haqida fikrlar bildirildi.Ushbu fojialarni chuqur anglash va uni yoshlar ongiga ilmiy asosda singdirish bugungi siyosatning muhim yo’nalishlaridan biridir.
Related items
Tashrif
2026 -yil 3-aprel kuni ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek ad
Navro’z bayrami
ToshDO’TAU hamda universitet huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida Navro‘z umumxalq bayrami m
Xorijiy seminar
Bugun ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida Yevropaning nufuzli Corvinus universit





