Joriy yilning 7-mart kuni TDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM «O’zbek tili va adabiyoti» yo’nalishi tinglovchilari f.f.d., prof. Z.I.Mirzayeva boshchiligida «Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari» moduli doirasida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Sayyor mashg’ulot davomida tinglovchilar maʼnaviy-madaniy markaz sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirib, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qilayotgan milliy kutubxonamiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar. Shuningdek, kutubxona fondidan foydalanish, elektron kataloglar bilan ishlash, tadqiqot ishlariga yaqin dissertatsiyalardan iqtiboslar olish, oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhorlarning ilk nashr etilgan asarlarini ko’rish, nodir nashrlar va toʻplamlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Related items
Tashrif
ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM “O‘zbek tili va adabiyoti” yo’nalishi tinglovchilari prof.
Ma’naviy_tadbirlar
Bugun Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTMO tarmoq marka
Ko’chma mashg’ulot
Qatag’on qurbonlari 2026-yil 6-fevral kuni TDO’TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi O’zbek





