13- fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazi, Qozog’istonning Jumabek Tashenov universiteti hamda universitet huzuridagi malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida qo’shma dasturlar tuzish masalasi yuzasidan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi

Uchrashuv davomida markaz direktori Z. Mirzayeva qo’shma dasturning maqsad va vazifalari, o’qitish tizimi haqida ma’lumotlar berdi. Tashenov universiteti xalqaro aloqalar va talabalar mobilligi bo’limi boshlig’i Shahlo Naraliyeva hamda malaka oshirish markazi direktori Ergashabayeva Shinar qo’shma dasturga kiritilishi mumkin bo’lgan modullar, ularning mazmun mohiyati haqida aytib o’tdilar
Har ikki ta’lim muassasi mas’ullari tomonidan qo’shma dastur doirasida amalga oshiriladigan reja va strategiyalar belgilab olindi

