



2024-yilning 14-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazi «O’zbek tili filologiyasi: o’zbek adabiyotshunosligi» tinglovchilari uchun Turkiyaning Karabuk universiteti professori, ilohiyot fanlari doktori Kemal Yavuz Ataman tomonidan “Oliy ta‘limda tasavvuf adabiyotini o‘tish masalalari” mavzusida mahorat darsi olib borildi. O’quv mashg’uloti doirasida tasavvuf adabiyoti, uning paydo bo‘lishidagi manbalar va qarashlar, adabiy ta’limda, xususan, adabiyot o‘qitishda tasavvuf adabiyotining o‘rni, dunyo ilm-fanida muhim o‘rin tutgan ajdodlarimizning ilmiy faoliyatlari masalalariga alohida urg‘u berildi. Ma’ruza davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mavzuga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan yanada yaqindan tanishish va xorijda, jumladan, Turkiyada sohaning o‘rganilishi va o‘rgatilishiga oid ma’lumotlar tinglovchilar qiziqishini orttirdi.
🔗Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Sayt

