7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida Turkiya Respublikasining Aksaray universiteti bilan hamkorlikda memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida
- konferensiya, simpozium, ilmiy seminarlar tashkil etish;
- professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish;
- hamkorlikda darsliklar, o’quv qo’llanmalar yaratish;
- qo’shma dasturlar asosida o’quv jarayonlarini tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi
Memorandumning amaliy ahamiyatini oshirish maqsadida Aksaray universiteti hamkorligida yozgi maktab(Summer school)ni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.








