ToshDO’TAU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida Michigan universiteti dotsenti, XX asr o’zbek adabiyoti tahliliga oid izlanishlar olib borayotgan, Cho’lponning «Kecha va kunduz», Isajon Sultonning «Boqiy darbadar» romanlari tarjimoni, o’zbek adabiyoti tadqiqi va tarjimalariga doir loyihalar muallifi, f.f.d. Kristofor Fort ishtirokida «Amerika va O’zbekiston OTMlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga xos xususiyatlar» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi jarayonida Fort O’zbekiston va AQSH OTMlarida olib borilayotgan tadqiqotlar, farqli va o’xshash jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Suhbat mobaynida «Kecha va kunduz» romani tarjimasi jarayonidagi murakkabliklar, romanning o’ziga xos jihatlari xususida ham o’rtoqlashdi
Mahorat darsi qiziqarli savol va javoblar, muhokamalarga boy bo’ldi. Uning sof o’zbek tilida erkin va ravon gapirishi tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi






