
ToshDO’TAU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida Turkiyaning mashhur professori ishtirokida mahorat darslari tashkil qilindi.
G’ozi universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nejati Demir dekabr oyi tinglovchilariga o’zining ilm yo’li va erishgan yutuqlari hamda “Turkiy tillar va ularning dunyo bo’ylab yoyilishi” mavzusida dars olib bordi.
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi tinglovchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mahorat darsi jarayonida javob topishdi.






