#Onlayn dars

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi aprel-may oyidagi masofaviy tinglovchilar uchun «Filologik ta’lim va innovatsiya. Adabiy ta’limga konseptual yondashuv» mavzusida onlayn (zoomda) dars tashkil qilindi. Dars f. f. d., prof. Zulxumor Mirzayeva tomonidan olib borildi. Dars davomida talabalarni tanqidiy, tahliliy fikrlashga o’rgatish masalasi, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuv, fanlararo integratsiya va ta’lim sifatini oshirish kabi qator bugun ta’lim sohasida faoliyat yurutuvchilarni befarq qoldirmaydigan, muhim mavzular xususda ma’lumotlar berildi.Dars qizg’in bahs va munozaralarga boy bo’ldi. Qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga dars davomida javob oldi.




