ToshDO’TAU huzuridagi tarmoq markazida 15-sentyabr kuni soat 15:00 da Turkiyalik Dr Husayin Kaba ishtirokida «Turkiyada ona tili va adabiyot ta’limini o’qitish usullari» mavzusida onlayn hamda oflayn tadbir o’tkazildi.
Seminarda turk adabiyotini davrlashtirish masalalari, maktabda ona tili va adabiyot fanlarini o’qitish, oliy ta’limda joriy qilingan kredit-modul tizimi haqida ma’lumotlar berildi. Professor Husayin Kaba turk maktablarida tashkil etilgan ona tili va adabiyot darslari hamda darsliklari, mavjud o’quv darsturlari va ularga qo’yilgan talablar haqida ham qiziq ma’lumotlar berib o’tdi.

⚡️30 ga yaqin Professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar va mehmonlar ishtirok etgan uchrashuv ko’plab bahs-munozaralariga boy o’tdi.





