ToshDO’TAU huzuridagi tarmoq markazida 31-oktabr kuni soat 9:00 da «O’zbek tili filologiyasi: o’zbek tilshunosligi» va «O’zbek-ingliz tarjimasi nazariyasi va amaliyoti» ta’lim yo’nalishidagi tinglovchilarning BLI himoyasi bo’ldi.
BLI himoyasida ikkala yo’nalish tinglovchilari o’zlarining chiqishlarini muvaffaqiyatli yakunlashdi. DAK a’zolari tomonidan tinglovchilarning tayyorlagan loyiha ishlari sinchkovlik bilan tekshirildi va yutuqlari e’tirof etildi. 21 ta tinglovchidan 20 tasi himoya jarayonlarida ishtirok etdi. Bir nafar tinglovchi test sinovlaridan yetarli ball to’play olmagani uchun BLI himoyasida ishtirok etmadi.









