Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi hamda Turkiyaning Turkiy xalqlarni ijtimoiy va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash (“Society of Culture and Social Assistance to Turkestans”) tashkiloti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida 15- yanvardan “O‘zbek tili va madaniyati” kursi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur kursda 3 oy davomida A1 va A2 darajada o’qib tushunish , tinglab tushunish, gapirish, yozish va o’zbek madaniyatiga oid ko’nikmalar rivojlantiriladi. Markazimiz tomonidan O‘zbek tili va madaniyatini Turkiyada keng yoyish, davlatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yaxshilashning istiqbolli rejalari asosida amaliy ishlarni yo’lga qo’yish davom etmoqda
Bizni ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda ham kuzatib boring:
👇👇👇👇👇
Telegram: (https://t.me/retraincentrenavoiy)
Facebook: (http://www.facebook.com/)
Youtube: (https://www.youtube.com/channel/UC_PH5KHsILSQtnpxXn4FDSQ)
Sayt: (http://www.tiladabiyot-tm.uz/)




