22- aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazi, Turkiyaning Aksaray universiteti hamda universitet huzuridagi malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda amaliy ishlarni amalaga oshirish, o’zbek tili va madaniyati kurslarini tashkil etish, xodimlar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda darsliklar va dasturlar tuzish, O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishida qo’shma dasturlar tuzish masalasi yuzasidan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi
Uchrashuv davomida markaz direktori Z. Mirzayeva qo’shma dasturning maqsad va vazifalari, o’qitish tizimi haqida ma’lumotlar berdi. Aksaray universiteti tashqi aloqalar bo‘limi mudiri prof. Dr Melayib Bilgin hamda San’at va fanlar fakulteti dekan muovini va Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri dots. Dr. Abdulmuttalip İpek universitetdagi xalqaro grantlar, ERASMUS + dasturi, qo’shma dasturga kiritilishi mumkin bo’lgan modullar, ularning mazmun mohiyati haqida aytib o’tdilar
Har ikki ta’lim muassasi mas’ullari tomonidan qo’shma dastur doirasida amalga oshiriladigan reja va strategiyalar belgilab olindi.
🔗Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram (https://t.me/retraincentrenavoiy) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100077036864380) | Youtube (https://www.youtube.com/channel/UC_PH5KHsILSQtnpxXn4FDSQ) | Sayt (http://www.tiladabiyot-tm.uz/)


