2022-yil 24-iyun kuni ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga AQShning Arkanzas universiteti bilan imzolangan shartnomaga binoan, professor olim Nikolay Antov tashrif buyurdi. Nikolay Antov Amerika, Bolgariya va Turkiya ta’limi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Hamkorlik uchrashuvida shartnomada belgilangan vazifalar, jumladan, vebinar va treyninglar o‘tkazish, o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Qiyosiy adabiyotshunoslik, O‘rta Osiyo tarixi va madaniyati, Innovatsion pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar tashkil qilish hamda boshqa turli xalqaro loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida atroflicha kelishib olindi. Professor Nikolay Antov kelajakda Markaziy Osiyo oliy ta’limida o‘qitish usullari bo‘yicha takliflarni bildirdi.






