

Bugun, 2-iyun kuni ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida mahorat darsi o‘tkazildi. Markaz dotsenti Ishmuhammedov Ravshan Djurayevich universitet kursantlari uchun “Kasbiy professionallik va uni rivojlantirish yo‘llari” mavzusida master-klass o‘tkazdi. Ushbu darsda kursantlar kelgusi ish faoliyatlari uchun eng foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram | Facebook | Youtube | Sayt



