Bugun 2022-yilning 16-may kuni ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Bosh ilmiy-metodik markazi Ilmiy-metodik Kengashining 2-son yigʻilishi o‘tkazildi.
Ilmiy-metodik Kengash kun tartibi boʻyicha:
📌 Innovatsion yondashuv asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari oʻquv-metodik taʼminotini takomillashtirishga oid amalga oshirilgan ishlar tahlili;
📌 Akademik litsey rahbar va pedagog xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etilishi, oʻquv jarayonlari va metodik taʼminotini takomillashtirish toʻgʻrisida;
📌 QQDU, BuxDU, SamDU va FarDU huzuridagi mintaqaviy markazlarning 2021-yilda amalga oshirgan ishlari hisoboti toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
📌 ToshDO‘TU huzuridagi PKQTMO direktori Z.Mirzayeva Arkanzas, Michigan hamda Kastol Karolina universitetlarida olgan tajribalari asosida “Zamonaviy taʼlim mazmuni Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazlari kontekstida. (Amerika va Oʻzbekiston taʼlimi misolida)” mavzusida ma’ruza qildi.
Yig‘ilishda har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda Ilmiy-metodik Kengash bayonnomasi bilan rasmiylashtirildi.
Bosh ilmiy-metodik markazning telegram kanaliga ulanish:
👇
https://t.me/joinchat/AAAAAERWoHVUB1WCXLiDBQ