Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan majlisda SHHTga a’zo davlatlar yetakchilari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.





