Joriy yilning 4-12-dekabr kunlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari Hindistonning Jamia Millia Islamia va Javoharlal Neru universitetlariga tashrif buyurdilar. Markaz xodimlari o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdilar. Z. Mirzayeva Jamia, Millia Islamia universiteti rektori M. Asif, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M. Ranjan, Neru universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi boshlig‘i A. Ahmad bilan rasmiy uchrashuvlar olib bordi. Uchrashuvdan maqsad o‘zbek tili o‘qituvchilarini tarmoq markazi malaka oshirish kurslariga jalb etish, o’zbek tilini o’rganayotgan hind talabalariga amaliy yordam berish, masofaviy o‘zbek tili kurslarini tashkil etish, qo’shma dasturlarni rivojlantirishdan iborat edi.

🔗Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Sayt

