Joriy yilning 13, 18, 27-sentabr kunlari ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi tinglovchilari uchun Turkiyaning Aksaray universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma dastur doirasida o‘quv mashg‘ulotlar olib borildi..
Zoom platformasi orqali online shaklda tashkil etilgan “Ta’lim sotsiologiyasi, ta’limiy dasturlar yaratish, fikrlash” o‘quv modulini Aksaray universiteti “Ta’lim dasturlari va o‘qitish metodikasi” ta’lim fakulteti professori doctor(DSc) Yalçın Dilekli tomonidan o‘tildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim dasturlari, uning asoslari, turlari, loyihalash usullari, ishlab chiqish modellari, elementlari va rivojlanish bosqichlari: ehtiyojlarni aniqlash va maqsad qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. Bugungi kunda ta’lim holati, ta’limning madaniy-siyosiy asoslari, ta’limning ijtimoiylashuv va taraqqiyotdagi ahamiyati, globallashuv va ta’lim mavzularida qiziqarli bahs-munozaralar tinglovchilar uchun yangiliklarga boy bo‘ldi.
Ta’lim jarayonida “Nima uchun fikrlashni o‘rgatish kerak?”, “Yuqori tartibli fikrlash nima?”, “Yuqori tartibli fikrlash turlari, tafakkurni dasturga qanday kiritish kerak?” kabi savollarga javob olishdi.
Yangicha metodlar va zamonaviy tendensiyalarni qamrab olgan o‘quv mashg‘ulotlari mobaynida tushuntirish, bahs-munozara, savol-javob, muammoni yechish, program, akvarium, g‘iybat, qum soati, o‘rganish galeriyasi, miya asari/mahsuloti kabi o‘qitish usullari tinglovchilarga modulni yanada kengroq ochib berishga hizmat qildi.
Shuni ta‘kidlash joizki, tinglovchilar bu kabi qo‘shma dastur doirasidagi o‘quv-mashg‘ulotlarning ta’lim sohasida muhim ahamiyatga egaligiga yana bir bor amin bo‘ldilar.
Markazimiz tomonidan doimiy ravishda xalqaro qo‘shma dasturlar doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan, mashg‘ulotlardan xabardor bo‘lib turish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lishinigzni tavsiya qilamiz:
https://telegram.me/retraincentrenavoiy
https://www.facebook.com/profile.php?id=100077036864380
https://www.youtube.com/channel/UC_PH5KHsILSQtnpxXn4FDSQ






