#Hamkorlik…
Joriy yilning 14,16,17-sentabr kunlari ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “O‘zbek tili va adabiyoti ” yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Jumabek Tashenev nomidagi Qozog’iston davlat universiteti huzuridagi malaka oshirish instituti” bilan hamkorlikdagi qo‘shma dastur doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o’tkazildi.
“Osiyo va Yevropa mamlakatlarida CLIL ni tatbiq etish metodikasi” moduli bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini malaka oshirish instituti dotsenti, p.f.d. Shahlo Naraliyeva Jamalovna olib bordi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida faol ta‘lim usullaridan foydalanish, Scaffolding strategiyasi, Iskafa strategiyasi, CLIL dasturlari samaradorligining turli modullari,Yevropa va Osiyo mamlakatlarida CLIL ni tatbiq etish tajribalari, CLIL metodikasi bo‘yicha tilni o‘qitishdagi integratsiyalashgan loyihalar, CLIL da baholash turlari. O‘qituvchilarni CLIL metodikasi orqali o‘qitishga tayyorlash omillari CLIL darsining bosqichlari.Fan va tillarni integratsiyalashtirgan holda o‘qitish orqali darsni rejalashtirish. Pedagogik deontologiya, pedagogik boshqaruv va texnika o‘qituvchi faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy shakli” mavzularida mazmunli va qiziqarli dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bahs-munozaralarga, yangiliklarga boy o’quv mashg’uloti tinglovchilarga manzur bo’ldi.


Ta‘lim jarayonida “CLIL nima? Nima uchun kerak?, CLILning maqsadi, fandagi vazifasi va shu kabi masalalar muhokama qilindi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar olishdi. Yangicha metodlar va zamonaviy tendensiyalarni qamrab olgan “Osiyo va Yevropa mamlakatlarida CLIL ni tatbiq etish metodikasi” o‘quv mashg‘ulotlari mobaynida tushuntirish, savol-javob, bahs-munozara, o‘rganish galeriyasi, zinama-zina, miya mahsuloti kabi usullar tinglovchilarga modulni kengroq, osonroq tushunishlari uchun xizmat qildi.



https://telegram.me/retraincentrenavoiy

