
Joriy yilning 12-yanvar kuni ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi tomonidan “Zamonaviy ta’lim mazmuni. Muammolar va yechimlar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Mirzayevaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Arkanzas, Michigan hamda Kastol Karolina universitetlarida olgan tajribalari asosida tashkil etildi.
Seminarda bugungi milliy ta’limdagi mavjud muammolar, ularni isloh qilish yo‘llari, o‘qituvchilar malaka oshirish tizimining xalqaro strategiyalari AQSH va O‘zbekiston OTMlari misolida tahlil qilindi.
Seminarda fan dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘quv rejalarini yangi fanlar bilan boyitish, pedagogik texnologiyalarni ta’limga joriy etishda shaklga emas, asosan mazmunga e’tibor qaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi hamda Arkanzas Universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi (Memorandum) imzolandi.


Semenardan lavhalar. 
Semenardan lavhalar.





