
Bahodir Karimov Respublikamizning taniqli professori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyisi» faxriy unvoni, Turkmaniston Prezidenti S.Berdimuhamedovning «Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi» medali sohibi, 20 dan ortiq ilmiy kitoblar, 80 dan ziyod oʻquv-uslubiy ishlar, 500 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar mualllifi. Germaniya, Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog’iston, Ukraina kabi mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Bahodir Karimov ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM professori sifatida o’zining ilmiy salohiyati, yuksak pedagogik mahorati va tajribalari bilan tinglovchilar e’tiboriga sazovor bo’lib, «2024-yilning eng faol professori» sifatida e’tirof etildi.




