
ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM professori N.Abduraxmonova dunyoning yuqori, 441-o‘rindagi Novosibirsk Davlat universitetida malaka oshirib qaytdi. Olima safar davomida “Paratranslator – parallel korpusga asoslangan kontekstologik elekton tarjima lug‘at platformasini yaratish” loyihasidagi natijalari bilan fikr almashdi, amaliy tilshunoslik tadqiqotlarI bilan tanishdi. Pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalarni qo’llash, kompyuter lingvistikasiga doir dolzarb masalalarda tajriba almashib, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga erishdi. N.Abduraxmonovaning xalqaro tajribadagi yutuqlari markaz o’quv jarayonlarini jahon standartlari darajasiga ko’tarilishida, tinglovchilarga yangi fikr va g’oyalar rag’batida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
🔗Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Sayt




