2022-yil aprel oyidan boshlab malaka oshirish tizimi masofaviy ta’lim tizimidan yana offlayn (an’anaviy) ta’lim tizimiga qaytgani munosabati bilan ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida ham tinglovchilarni qabul qilish boshlandi. Viloyatlardan keluvchi tinglovchilar yotoqxona bilan ta’minlandi. 5-aprel kuni tarmoq markazi direktori Zulxumor Mirzayeva hamda “Taʼlim dasturlari va ilgʻor tajribani joriy etish”, “Taʼlim jarayonini tashkil etish va sifatini oʻrganish” boʻlimlari boshliqlari bilan birgalikda aprel oyi tinglovchilarining yotoqxona shart-sharoitlari o‘rganildi. Tinglovchilar uchun kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.






