ILMIY- INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALAR
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar, 2019-yil 23-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” 4.4 bandida ta’kidlangan ta’lim sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘yicha topshiriqlar ijrosini bajarish, shuningdek, universitet missiyasiga mos tarzda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini o‘rganish, joriy etish asosida ta’lim sifatini oshirish maqsadida, 2019-2021-yillarda jahonning eng nufuzli, yuqori reytinglarga ega bo‘lgan, jumladan, 2019-yilda 11 nafar – Yaponiyadan 4 nafar, (Asuka Kobana, Yamashiro Chiaki, Sakamoto Masanobu, Yoshiaki Shibata), Turkiyadan 2 nafar (Aynu O‘zjan, Muxammad Musafo), AQShdan 3 nafar, (Ryan Michel, Kristi Robinson, Kristofor Fort), Nigeriyadan 3 nafar (Nsaka Chibuzor Frankis, Chikereuba Nkechi Sandra, Godday Evelyn Blessing) yetakchi mutaxassislar jalb etildi. 2020-yilda 5 nafar, jumladan, Kanadadan 1 nafar, (Isamuxamedova Nodira), Turkiyadan 4 nafar (Aynur O‘z O‘zjan, Muxammad Mustafo, Xuseyn Kaba, Baxar Turkyilmaz) yetakchi mutaxassislar jalb etildi. 2021-yilda esa Turkiya Respublikasi Ta’lim vazirligi turk tili va adabiyoti o‘qituvchisi Hamza O‘zturkchu, Duzce universitetidan Huseyin Kaba, Buyuk Britaniyaning Varvik universitetidan Komila Tangirova kabi olimlar tinglovchilar uchun yuqori saviyadagi mahorat darslari olib bordi.
Bunday hamkorliklar hozirda ham muntazam amalga oshirilyapti va kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan.




