“O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalaridan kelgan professor-o‘qituvchilar “O‘zbek tili va adabiyoti”, “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek tilshunosligi”, “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek adabiyotshunosligi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z malakalarini oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’limini rivojlantirish bo‘yicha kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini tushungan holda markazimizda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- “Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish” moduli ;
- “Pedagogning kasbiy professionaligini oshirish” kabi, pedagogning professional faoliyatidagi innovatsiyalarini rivojlantiruvchi fanlar joriy etildi.
Markazimizda, jahon sahnasidagi eng so‘nggi standartlar va talablarga javob beradigan fanlarni tinglovchilarimizga yetkazish maqsadida, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi uchun yangi –
- “Jahon adabiy ta’limining ilmiy-nazariy asoslari”;
- “Ta’limda baholash nazariyasi va metodologiyasi”;
- “Til ta’limiga psixolingvistik yondashuv” kabi yangi modullar kiritildi
“O‘ZBEK TILI FILOLOGIYASI: O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek adabiyotshunosligi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-innovatsion salohiyatni rivojlantirish, professor-o’qituvchilarni yuqori reytingga ega xorijiy davlatlarning fan, ta’lim yutuqlaridan keng bahramand qilish maqsadida, eng ilg’or universitetlarda o‘qitiladigan fanlar asosida o‘quv rejalari yangi fanlar bilan takomillashtirildi, xususan, “Jahon adabiy ta’limida yetakchi konsepsiyalar”, Folklor va yozma adabiy aloqalar”, “O‘zbek jadid adabiyot dunyo adabiyotshunosligi kontekstida” modullari kiritildi, o‘quv-uslubiy majmualar mazmun jihatdan boyitildi.
“O‘ZBEK TILI FILOLOGIYASI: O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI”
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek tilshunosligi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim samaradorligiga erishish, nazariy va amaliy mashg‘ulot jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish, professor-o‘qituvchilarning malaka hamda tajribalarini yanada oshirish maqsadida jahonning yetakchi mamlakatlari ta’lim tizimida mavjud, tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari, eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni qamrab olgan quyidagi o‘quv modullari fan dasturlari va o‘quv rejaga kiritildi:
- “Antroposentrik tilshunoslikning yo‘nalishlari”;
- “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari: assotsiativ tilshunoslik”;
- “Til texnologiyasi (Korpus lingvistikasi)”;
- “Lingvomadaniyatshunoslik”

