TIL VA ADABIYOT FANLARINI O‘QITISHDA XALQARO STANDARTLAR
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 14-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida kasbiy (pedagogik) qayta tayyorlash kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi 479-sonli buyrug‘i asosida tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar kesimida ona tili va adabiyot fanlarida yangilanishi kutilayotgan darsliklar yuzasidan “O‘zbek tilida to‘rt ko‘nikma: tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozib tushunish va gapirish” va “Adabiyot fanlarini o‘qitishda xalqaro standartlar ” nomlari ostida qisqa o‘quv tashkil etildi.
Ushbu kursdan maqsad:
🔸 Tinglovchilarning o‘quv hamda ilmiy-pedagogik jarayondagi faoliyatini xalqaro standartlar va jahon tajribasi asosida yanada rivojlantirish;
🔸 O‘qituvchilarda yangilanishi kutilayotgan maktab darsliklaridagi yondashuvlar asosida nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozib tushunish, gapirish ko‘nikmalari);
🔸 Maktab o‘qituvchilarida o‘zbek tilini bilish darajalari bo‘yicha alternativ ta’limni shakllantirish;
🔸 Xalqaro ta’lim tizimidagi eng ilg‘or interfaol usullarni o‘zlashtirish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat;
🔸 Maktab o‘qituvchilarida o‘zbek tilini bilish darajalari bo‘yicha alternativ ta’limni tashkil etish (CEFR: B1, B2);
Kursda jahonning eng yetuk universitetlari (Kembridj, Kolumbiya, Garvard, Michigan, Gumboldt va h.k.) da tahsil olgan, xalqaro tajribaga ega, Respublikamizning oliy toifali mutaxassislari hamda malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari berib borildi. 43 nafar tinglovchi ushbu o’quv kursini muvaffaqiyatli tamoomladi. Bugungi kunda kursning ikkinchi guruhi shakllantirilmoqda.
“O‘qitishning xorijiy tajribasi” moduli yuzasidan mahorat darslarida Yevropa o‘qitish tizimidan badiiy asarni o‘qish, o‘qitish strategiyalari yuzasidan ma’lumotlar berildi:

“O‘zbek tilida to‘rt ko‘nikma: tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozib tushunish va gapirish” yo‘nalishidagi mahorat darslaridan lavhalar:O‘quv kursi yakunida universitetning ma’naviyat ishlari bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor A.Sobirov, pedagogika fanlari doktori, professor Q.Yo‘ldosh, shoir Shahriyor ishtirokida kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlandi:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING 2020–YIL 14–SENTABRDAGI 479-SONLI BUYRUG‘I ASOSIDA PULLI O‘QUV KURSLARINI TASHKIL ETISH
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 14-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida kasbiy (pedagogik) qayta tayyorlash kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi 479-sonli buyrug‘i asosida Ichki ishlar Ishlar Vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi va 100 nafar tinglovchi kursni muvaffaqiyatli tamomladi.
Ta’lim samaradorligiga erishish, nazariy va amaliy mashg‘ulot jarayonida ilg‘or pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish, professor-o‘qituvchilarning malaka hamda tajribalarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 24-noyabrdan – 11- dekabr kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘quv kurslari tashkil etildi.
NUTQ MADANIYATI TA’LIMNING ASOSIY MEZONI
Mutaxassislarning aytishicha, nutq madaniyati insonning ijodiy va mustaqil fikrlash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda ravon bayon etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ayniqsa, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kasb sohiblarining notiqlik mahorati yuqori bo‘lishi kerak. O‘qituvchining jarangdor ovozi, o‘ziga jalb eta olish qobiliyati, mavzularni aniq va ifodali tushuntirishi mashg‘ulot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan master-klass mashg‘uloti “O‘qituvchining nutq madaniyati va notiqlik san’ati” mavzuiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotni filologiya fanlari nomzodi, mahoratli notiq va jurnalist Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.
XORIJ VA MILLIY TAJRIBA QIYOSLANDI
Buyuk Britaniyaning TEAM universitetida faoliyat yuritayotgan Komil Jalilov o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari haqida master-klass mashg‘uloti o‘tkazdi.


ILMIY TADQIQOTLARDA XALQARO STANDARTLAR
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oltita ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllarida oliy malakali ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Huquqshunoslikning dolzarb muammolari ustida olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati yildan-yilga o‘sib borayapti. Demak, sohani zamon talablari darajasida takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb etishi, tabiiy:
IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari bilan «Ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv kurslari bo‘yicha yakuniy sinovlari:


