
Mengliyev Baxtiyor Rajabovich
E-mail: baxtiyormen@mail.ru
Tel: +998903576974
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi:
Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi mudiri.
Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi mudiri. ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi.
Mengliyev Baxtiyor Rajabovich 1965-yilning 20-noyabrida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Oqtosh kishloq kengashi (bugun qishloq fuqarolar yig‘ini)ga qarashli Oqqishloq ovulida hunarmand oilasida tavallud topgan.
Millati o‘zbek. Ona tilidan tashqari, rus, ingliz, tojik va fors tillarida muloqot qila oladi, nemis tilini lug‘at yordamida o‘qiydi.
1983-yil Termiz davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1990-yilda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha imtiyozli diplom (KV 849207) bilan tamomladi.
Universitetni tugatgach, 1990-91-yillarda Termiz universitetining O‘zbek tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchi-assistent lavozimida ishlagan.
1991-yildan boshlab faoliyati Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi bilan bog‘langan. 1991-1994-yillarda kunduzgi aspiranturada, 1998-2001-yillarda esa shu universitetning doktoranturasida tahsil olgan. 1996-yilda professor H.Ne’matov rahbarligida “Morfologik vositalarning ma’noviy xususiyatlari va sintaktik imkoniyatlari” mavzuida nomzodlik, 2001-yilda “Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2002-yildan buyon professor.
1994-yildan Qarshi davlat universitetida o‘qituvchi (1994-95), katta o‘qituvchi (1996-97), kafedra mudiri (1997-98, 2002-2008), fakultet dekani (2005-2007) lavozimlarida ishladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-martdagi 139–A farmoyishiga muvofiq, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasining 2006-yil 15-maydagi 9-bayonnomasiga asosan kafedra mudiri sifatida attestatsiyadan o‘tgan deb hisoblandi. 2003-2008 yillarda konkurs asosida QarshiDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
2008-yil 26-oktyabridan O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori. 2014-yilda 13-maydan mazkur kafedraning mudiri lavozimiga o‘tkazildi. O‘zMU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazida o‘rindoshlik asosida ishlagan. 2016-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi dekani, 2020-yildan boshlab Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beryapti?:
- Tilshunoslik metodologiyasi.
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
- Hozirgi o‘zbek adabiy tili
- O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari
- Tilshunoslik metodologiyasi.
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Rahbarligida 8 ta aspirant va tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Malaka oshirganligi: 2018
- Ilmiy qiziqishlari: Pragmalingvistika, Tilshunoslik metodologiyasi, Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
- “Ilm-fan va ta’limning rivojlanish istiqbollari” birinchi konferensiyasi
- “Til va adabiyot ta’limida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani
- Kafedrada “O‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilish” istiqbolli mavzusi doirasidagi tadqiqotlarga yetakchilik qilmoqda.
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
- “Osiyo mamlakatlari tamadduni va ipak yo‘li”. Xalqaro ilmiy anjuman
- VII Международная конференция по компьютерной обработки тюркских языков “Turklang-2019”. Симферополь. 2019 г. 3-5 октября
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Baxtiyor Mengliyev 5 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 5 ta mualliflik guvohnomasi, 50 ga yaqin chet el hamda respublika konferensiya va jurnallaridagi maqolalar muallifi.

Karimov Bahodir Nurmetovich
E-mail: –
Tel: +90 731 5825
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori, professor.
Lavozimi: ToshDO‘TAU “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy jarayon” kafedrasi mudiri.
Bahodir Karimov 1966-yilda 7-fevralida Turkmaniston Respublikasi, Toshhovuz viloyati, Tozayormish qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDO‘TAU “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy jarayon” kafedrasi mudiri.
1983-yil Tozayormish qishlog‘idagi 30-sonli o‘rta maktabni tamomlagan. 1984-1986-yillar harbiy xizmatni o‘tagan.
1986-1991-yillarda hozirgi O‘zMU o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
1991-1994-yillarda shu universitet aspiranti. 1991-yildan 2016-yilgacha B. Karimov quyidagi lavozimlarda ishlagan: doktorant, kafedra mudiri, dekan, oliy adabiyot kurslari rahbar o‘rinbosari. 2016-yil iyun oyidan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon ” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati:
1995-yili akademik B. Nazarov rahbarligi ostida “Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni” mavzusida filologiya fanlari nomzodligi uchun dissertatsiyasini himoya qilgan. 2002-yil professor U. Normatovning ilmiy maslahati ostida “XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Hozirda o‘qitayotgan fanlari:
- Adabiyot nazariyasi.
- Adabiyotshunoslik metodologiyasi
- Adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot metodologiyasi.
Ilgari dars bergan fanlari:
- XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi.
- O‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixi.
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Olimning ilmiy rahbarligida 1 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi, 20 dan ortiq magistrlar tayyorlangan. Hozirda uning ilmiy rahbarligida uch nafar katta tayanch dotorant, uch nafar mustaqil izlanuvchi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda.
Malaka oshirganligi: 2016-yil yanvar-fevral oylarida Bosh metodik markazda bir oylik malaka oshirish kursida o‘qigan.
Ilmiy qiziqishlari: adabiyot nazariyasi, o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
- Karimov Turkiya (Istanbul, 2004, Anqara, 2005), Germaniya (Leypsig, 2005, Berlin, 2008, 2012), Xitoy (Pekin, 2005), Ukraina (Semfiropol. 2011), Turkmaniston (Ashxobod, 2014, 2015)da oʻtkazilgan xalqaro anjuman hamda tadbirlarda qatnashdi.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
Cho‘lpon ijodi va zamonaviy adabiy jarayon Respublika konferensiyasi, 29-30-noyabr 2018-yil
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
250 dan ortiq monografiya, lug‘at, o‘quv qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi.

Ishmuhamedov Ravshan Djurayevich
E-mail: –
Tel: +935751249
Webpage: –
katta o‘qituvchi
Lavozimi: “ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi (1997), O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sovrindori (2017)
Ravshan Ishmuhamedov 1949-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yilda respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. 1966-yildan 1982-yilgacha Toshkent shahridagi maktablarda bolalar yetakchisi hamda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib mehnat qilgan. 1982-1991-yillarda Toshkentdagi Yoshlar institutida metodist, katta o‘qituvchi, fakultet dekani, direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1991-2009-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida katta o‘qituvchi, rektor yordamchisi kabi lavozimlarida, 2009-2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jang‘armasining “Innovatsion texnologiyalar” kursi trener-o‘qituvchisi, pedagogika va psixologiya fakultetining Pedagogika kafedrasining katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining metodik Markazi katta o‘qituvchisi, 2013-2017-yillarda XTXQTMOMIning katta o‘qituvchisi, “Pedagogik xizmatlar” markazi direktori, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi lavozimlarida samarali mehnat qilgan. 2018-yildan hozirgacha XTXQTMOMIning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining Malaka oshirish Markazi dotsenti (o‘rindosh) lavozimlarida faoliyat olib boradi.
Markazimizda 2021-yildan boshlab “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” fanidan tinglovchilarga o‘zining uzoq yillik bilim va tajribasini ulashmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
Rus tili va adabiyoti
Malaka oshirganligi: 2019.
Ilmiy qiziqishlari: Pedagogika
Olgan mukofotlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sovrindori

Xolmanova Zulxumor Turdiyevna
E-mail: zulxumor-uzmu@mail.ru
Tel: +935642049
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi: ToshDO‘TAU “Til nazariyasi” kafedrasi mudiri.
ToshDO‘TAU “Til nazariyasi” kafedrasi mudiri.
Zulxumor Xolmanova 1969-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1990-1995-yillarda mazkur universitetda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1996-1998-yillarda aspiranturada o‘qigan. 1999-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida dotsent va professor vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2016-yil 14-sentabrdan ToshDO‘TAU “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, 2018-yil may oyidan “Folklor va dialektologiya”, 2018-yil sentabrdan “Leksikografiya va dialektologiya” kafedrasi professori, 2020-yil 2-sentabrdan ToshDO‘TAU “Til nazariyasi” kafedrasi mudiri.
Hozirda qaysi fanlardan dars beradi?
Lingvodidaktika
Tilshunoslik nazariyasi
- Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- Psixolingvistika
- Sotsiolingvistika
- Semantika
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib keladi. Z.T.Xolmanova rahbarligida 3 ta falsafa doktori (PhD), 20 ta magistrlik dissertatsiyasi tayyorlangan. 100 dan ortiq bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan. Hozirda 3 ta doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilmoqda.
Malaka oshirganligi: 2019.
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tili tarixi, leksikologiya, turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi, kompyuter lingvistikasi, lingvokulturologiya.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
“Tilshunoslikka kirish” (2007), “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (2013), Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi (hammualliflikda, 2015), “Kompyuter lingvistikasi” o‘quv qo‘llanmalari, “Mutaxassislikka kirish” (hammualliflikda, 2018), “Tilshunoslik nazariyasi” (2019) darsliklari talabalar uchun tegishli fanlarni o‘zlashtirishda asosiy manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. Olimaning ilmiy faoliyati va pedagogik sohadagi yutuqlari “Ayol baxti” (2012), “Til zargari” (2018), “Ko‘ngil obodligi” (2020) teleko‘rsatuvlarida namoyish qilingan.
Z.T.Xolmanova rahbarligida iqtidorli talabalar turli tanlovlarda, respublika miqyosidagi va xalqaro konferensiyalarda, respublika olimpiadalarida faol ishtirok etib keladi. 2014-, 2015-yillarda L.Abduhamidova Respublika Fan olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. O‘zMU stipendiyasini qo‘lga kiritdi. 2015-yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. 2016-, 2017-yillarda Nurullayeva Oydin Respublika Fan olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. 2017-yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
Z.Xolmanova rahbarligida F.Qurbonovaning “Kompyuter lug‘atlari: tezaurus” qo‘llanmasi, K.Soliyevaning “Bola ruhiyati dunyosi” risolasi, L.Abduhamidovaning “Tilshunoslikning yangi yo‘nalishlari: kompyuter lingvistikasi” (2015) qo‘llanmalari nashr etildi.
L.Abduhamidova bilan hamkorlikda “Alifboni o‘rganamiz”, “O‘zbek tilini o‘rgatish” ovozli dasturlari, S.Abdurahmonova bilan hamkorlikda “Wrayter x and h” dasturi yaratilgan va patent guvohnomasi olingan (ЭҲМ учун дастурни расмий рўйхатдан ўтказиш ҳақида қарор: 2018 йил 27 август: №12879).
“Til – madaniyat ko‘zgusi” (2015), “Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish” (2018) mavzusidagi ma’ruzalari 7-mayda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Akademik soat” ko‘rsatuvi orqali, “O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti” mavzusidagi ma’ruzasi (2020-yil 21-oktabr) “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish qilingan.
2015-yilda “Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi Respublika bosqichining Gumanitar fanlar ta’lim sohasi bo‘yicha “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. 2020-yilda “O‘zbek tilining eng yaxshi metodikasi” tanlovining filologiya yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.
2008-yildan universitet huzuridagi ixtisoslashgan kengash, ilmiy kengash a’zosi. 2002-2003, 2011-yillarda ixtisoslashgan kengash, 2014-2016-yillarda ilmiy seminar kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan. Davlat tilini rivojlantirish departamenti ishchi guruhi a’zosi.
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Hozirga qadar 200 ga yaqin ilmiy-metodik ishlari chop etilgan. Xususan, 2 ta monografiya, 6 ta qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta ma’ruzalar matni, 5 ta namunaviy dastur, 120 dan ortiq maqola va tezis shular jumlasidandir. “Turk dunyasi edebiyatcilar ansiklopedesi” (CILT. П. –Anqara. AYK Ataturk kultur Merkezi, 2000-2004”)da 20 dan ortiq maqola bilan ishtirok etgan. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: “Boburnoma” leksikasi tadqiqi”

Abdirashidov Zaynobidin Sharabidinovich
E-mail: abdirashidov@umail.uz
Tel: +998033949
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: ToshDO‘TAUda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor
ToshDO‘TAUda Ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Abdirashidov Zaynobidin Sharabidinovich 1973-yil 21-noyabrda O‘sh viloyatida tug‘ilgan.
1991-1996-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘qigan va uni “sharqshunos-filolog, arab tili o‘qituvchisi” mutaxasisligi bo‘yicha tamomlagan. 1993-1995-yillarda Al-Azhar Universitetida (Misr Arab Respublikasi) tahsil olgan.
1996-1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat Komiteti tasarrufidagi Davlat ilmiy-texnika axboroti fondi Xalqaro aloqalar bo‘limi muhandisi, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan.
1999-2001-yillarda “APOLLO Co., Ltd” O‘zbek-Koreya qo‘shma korxonasi menejeri lavozimida faoliyat olib borgan.
2001-2008-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2006-yil oktabr oyidan 2010-yil may oyiga qadar Berlin Gumboldt Universiteti (Germaniya) Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti doktoranturasida o‘qigan.
2010-yil iyun oyidan 2010-yil sentabr oyiga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti manbaashunoslik va maxsus tarix fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2010-yil sentabrdan 2016-yil sentabrga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “O‘zbek adabiyoti va matnshunoslik” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010-2014-yillari O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini vazifasida ishlagan.
Hozirgi vaqtda ToshDO‘TAUda Ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2010-yili Berlin Gumboldt Universitetida “Markaziy Osiyo tadqiqotlari” ixtisosligi bo‘yicha “Ismoil Gasprinskiy va XX asr boshlarida Turkiston: aloqalar – munosabatlar – ta’sir” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2012-yili Z.Abdirashidov “ХХ asr boshlarida Ismoil Gasprinskiy va Turkiston: aloqalar – munosabatlar – ta’sir” (T.: Akademnashr, 2011) monografiyasi uchun Xalqaro Bakir Cho‘ponzoda mukofotiga sazovor bo‘lgan.
2015-yilda u Ismoil Gasprinskiy ijodiy merosining tadqiqiga qo‘shgan hissasi uchun Xalqaro Ismoil Gasprinskiy mukofoti bilan taqdirlangan (Turkiya).
2014-2015-yillarda Xokkaydo Universiteti (Yaponiya) Slavyan-Evrosiyo tadqiqotlari markazi professori lavozimida ishlagan.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
O‘zbek jadid adabiyoti dunyo adabiyotshunosligi kontekstida
Malaka oshirganligi: 2017.
Ilmiy qiziqishlari: Pedagogika, jurnalistika, xattotlik, nasr, tarix
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
04.09.2021-yildan 31.10.2021-yilgacha Germaniyaning Humboldt Universiteti Markaziy Osiyo tadqiqot institutida “Religious Reform in Early 20th Century Turkestan: Religion, Society and Jadids” mavzusidagi loyihani amalga oshirdi.
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
Z.Abdirashidov ko‘p sonli xalqaro grantlar sohibi. Jumladan, 2003, 2013, 2017-yillarda DAAD (Germaniya), 2006-yilda Volkswagen Foundation (Germaniya), 2008-yilda TÜBITAK (Turkiya), 2009-yilda NaFöG (Germaniya), 2010-yilda Gerda Henkel Foundation (Germaniya).
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
- Uluslararası Türk Dünyası Eğitim Bilimleri ve Sosyal Bilimleri Kongresi, 12-15 Kasım 2020, Antalya/ TÜRKİYE
- International scientific-practical Conference on Enlightenment Activity of Ismail Gasprinskii and Muslim World of Russia. April, 27-28, 2017, Sevastopol.
- International Symposium on SRC/IREEES Joint Conference. Where did Ukraine come from? Where is Ukraine heading for? December 6, 2014, Sapporo.
- International Conference on Dilde Fikirde İşte Birlikte Neredeyiz. October 15-17, 2014, Istanbul.
- International Symposium on Thirty Years of Crisis: Empire, Violence, and Ideology in Eurasia from the First to the Second World War. July 10–11, 2014, Sapporo.
- 5th International Conference on Kontakten: Sprache – Literatur – Kultur – Didaktik. October 22-23, 2012.
- Sources and development of national theatre in Turkestan in early 20th century. International Conference on Turkic Art studies: problems and perspectives. September 23-25, 2013, Baku.
- Reflex of Common-Literary Turkic Language Conseption of Tarjuman in the Turkestani Independent Press. International Conference on World of Bekir Choban-zade. 1st Crimean Turcology Conference. May 23-23, 2012, Belogorsk.
- Ismail Gasprinskii and Nikolai Ostroumov: The Straggle of Ideas. International Conference on Reforms within Islam and Unity-1-; Ismail Bey Gasprinski Conference. November 16-17, 2012, Istanbul.
- Some peculiarity of the women questions in context of modernization of Turkestani Muslims early in 20th century. International Conference on Women’s movement in Crimea: History and Contemporaneity. October 14-15, 2011, Simferopol.
- Poster presentation: Ismail Gasprinski (1851-1914) and Turkistan in the early 20th century: Communication – Relationships – Influences and Effect. International Conference on Between Europe and the Orient. A Focus on Research and Higher Education in/on Central Asia. June 7-9, 2010, Bishkek.
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
- Abdirashidov 3 ta monografiya, 3 ta bibliografik ko‘rsatkich, 3 ta ilmiy-ommabop nashr hamda ilmiy jurnal va xalqaro konferentsiya va simpoziumlar to‘plamlaridagi 42 ta ilmiy maqola muallifi (O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Ukraina).

Mirzayeva Zulxumor Inomovna
E-mail: zmirzaeva1313@gmail.com , khumor@rambler.ru
Tel: +998903458564
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori
Lavozimi:
ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori.
Adabiyot bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini yaratishda bosh ekspert, Prezident agentligi tasarrufidagi ijod maktablari uchun 11-sinf Adabiyot darsligi muallifi.
Mirzayeva Zulxumor Inomovna – 1976-yil Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1993-yilda tumandagi 34-o‘rta maktabni imtiyozli tamomlab, 1994-yili O‘zbekiston Milliy Universiteti (oldingi ToshDU) ning “O‘zbek filologiyasi” fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. 1999-yili universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlab, adabiyotshunos Laziz Qayumov rahbarligida magistrlik diplomini ingliz va o‘zbek tillarida himoya qilgan.
1999-yili ToshDU o‘zbek filologiyasi fakulteti kunduzgi bo‘limi aspiranturasiga tavsiya qilingan.
2007-yilda Baxtiyor Nazarov rahbarligida “O‘zbek jadid adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini”, 2017-yilda “XX asr o‘zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” mavzuida doktorlik disseratsiyasini himoya qilgan.
2005-2015-yillarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot (hozirda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori) ilmiy tekshirish institutida doktorant va katta ilmiy xodim, 2016-2019-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
- O‘zbek adabiyoti
- Ilmiy ish asoslari
- Jahon adabiy ta’limining ilmiy-nazariy asoslari
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
- Ingliz tili
- Mamlakatshunoslik
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Sayfiddinova Sabohat, Jalilov Komil, Abdugapparova Shodiyona, Qodirova Nilufar.
Malaka oshirganligi: 2021, Amerikaning Arkanzas universiteti (Arkansas State University)
Ilmiy qiziqishlari: Adabiyot tarixi, Adabiy siyosat, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Adabiyot o‘qitish metodikasi.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
- AQSH ning Kostal Karolina universiteti (Coastal Carolina University) “Jahon adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda “XX asr va zomonaviy o‘zbek hikoyalarining ingliz tiliga tarjimalari” (2013-2018);
- Xalqaro Erasmus Kredit Almashinuv Mobillik dasturi tomonidan tasdiqlangan loyihaning O‘zbekistondagi rahbari. (Vengriyaning Etvos Lorand universiteti bilan hamkorlikda).
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
- O‘z RFA yosh olimlar fundamental tadqiqotlari tomonidan moliyalashtirilgan FA-FYO1-GG006 “O‘zbek adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” (2012-2013), loyiha rahbari;
- O‘z RFA Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab –quvvatlash fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Xorijda o‘zbek adabiyotshunosligi: tadqiq va tarjima” (2014-2015), loyiha rahbari.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi “O‘zbekistonga oid madaniy boyliklar reyestrini yaratish, nodir qo‘lyozma asarlarning faksimilesini nashr etish” (2020), loyiha a’zosi.
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
- Hindistonning ITEC (2009).
- Amerikaning IREX (2010)
- Germaniyaning DAAD (2012).
- Fransiyaning FEMISH (2015)
- Yevropa Ittifoqining Erasmus (2020-2023)
- Amerikaning FEP (2020-2021)
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
- Amerika Qoshma Shtatlarining Michigan, Arkanzas universitetlari (2021)
- Amerika Qoshma Shtatlarining Kolumbiya, Indiana, Garvard univrsitetlari (2010-2011)
- Germaniyaning Gumbold universiteti (2012)
- Fransiyaning “Xalqaro tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti (2015)
- Tatariston Fanlar Akademiyasi (2018-2020)
- Pokistonning Lahore davlat universiteti (2019)
- Hindistonning Javaharlar Neru va Informatsion Texnologiyalari universiteti (2009)
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
110 nomda ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar e’lon qilgan. Shulardan 3 ta monografiya, 1 ta ilmiy risola, 1 ta darslik, 2 ta uslubiy qo‘llanma (shulardan 20 tasi xorijning nufuzli jurnallari va ilmiy to‘plamlarida)

Xakimova Muhayyo Karimovna
E-mail: mabdullajonova2002@mail.ru
Tel: +998974023672
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori
Lavozimi:
O‘zbek tilshunosligi kefedrasi dotsenti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, fililologiya fanlari doktori
Xakimova Muhayyo 1976-yil 21-aprelda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
1993-1998-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. 1999-2001-yillarda aspiranturada o‘qigan. 1998-2005-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti O‘zbek tilshunosligi kafedrasida, 2005-2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tilshunosligi, O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent v.b. lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016-yil 2-sentabrdan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ishlab kelmoqda. Hozirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti v.b.
Hozirda o‘qitayotgan fanlari:
- Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
- Lingvokulturologiya.
- Matn tilshunosligi.
Ilgari dars bergan fanlari:
- Semasiologiya.
- Tilshunoslik asoslari.
- Tilshunoslik nazariyasi.
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.
- Lingvikulturologiya
- Sotsiolingvistika
M.Xakimovaning ilmiy rahbarligida bir nafar tayanch doktorant doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda.
Malaka oshirganligi: 2017-yil mart-aprel oylarida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi PKQT va MOTMida malaka oshirgan.
Ilmiy faoliyati:
2004-yilda “O‘zbek tilida vaqt ma’noli lug‘aviy birliklar va ularning matn shakllantirish imkoniyatlari” mavzusida nomzodlik, 2020-yilda “O‘zbek tilida abstrakt nomlar semantikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
Ilmiy yo‘nalishi: semantika, leksikologiya, lingvokulturologiya, til nazariyasi. Muhayyo Xakimova bir necha xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashgan.
Imiy va o‘quv-uslubiy ishlari ro‘yxati:
1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 70 dan ilmiy maqolalar muallifi.

Abdiyev Akmal O‘roqboyevich
E-mail: aabdiyev@navoiy-uni.uz
Tel: +998 94 640 8361
Webpage: scholar.google.com/…
Katta o‘qituvchi
Lavozimi:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti “Ingliz tili” kafedrasi mudiri
Akmal Abdiyev Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat yuritadi. Ingliz tili o‘qituvchisi, rus, koreys va tojik tillarida ham muakammal so‘zlasha oladi.
Akmal Abdiyev 1976-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Samarqand davlat chet tillar universitetini tamomlagan.
“Kabul-Ubek Ko., Ltd” qo‘shma korxonasida tarjimon, import sohasi bo‘yicha mutaxassis (1999-2002);
London. G4S. Lloyds Banking Group. Group property management (2005-2010);
London. G4S. Royal Bank of Scotland. Facilities management (2010-2013);
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Chet tillar” kafedrasi assistenti (2014-2016);
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i (2016-2018);
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Ingliz tili filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi (2018-2019);
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Madaniyatlararo muloqot va turizm” kafedrasi katta o‘qituvchisi (2019-2020).
Hozirda:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti “Ingliz tili” kafedrasi mudiri
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
- Ingliz tili
- Amaliy xorijiy tilni o‘rganishning intensiv usullari
Ilmiy qiziqishlari: xorijiy tillar, ingliz adabiyoti, ingliz tili tarixi.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
- “Kabool-Uzbek Co.. ltd” qo‘shma korxonasi
- London G4s. Lloyds Banking Group Property management
Chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro baholash tizimi (IELTS)da yuqori ko‘rsatgichni qo‘lga kiritgan.
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
“Recent researches in modern world” nomli XI halqaro ilmiy konferensiya
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Akmal Abdiyev respublika konferensiyalari va jurnallarida 15 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.

Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadona
E-mail: nasibatashkent@mail.ru , nsayidiraximova@yandex.ru
Tel: +998 99 4407418
Webpage: –
Filologiya fanlari nomzodi
Lavozimi:
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna – 1974-yil 18-aprelda Qirg‘iziston Respublikasining О‘sh shahrida tug‘ilgan.
1991-yil О‘sh shahridagi H.H.Niyoziy nomidagi 13-sonli о‘rta maktabni imtiyozli tamomlagan.
1991-yil Farg‘ona davlat universiteti о‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi bо‘limiga о‘qishga topshirgan va 1996-yil о‘qishni tamomlab, yо‘llanma asosida Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi aspiranturaning kunduzgi bо‘limiga 10.02.02 – Milliy tillar (о‘zbek tili) ixtisosligi bо‘yicha о‘qishga kirib, 1999-yil aspiranturani tamomlagan.
1999-2008-yillar oralig‘ida О‘sh davlat universiteti О‘zbek-gumanitar pedagogika instituti о‘zbek tilshunosligi kafedrasi о‘qituvchisi, katta о‘qituvchi, dotsent vazifasini bajaruvchi, fakultet Ilmiy va tashqi ishlar bо‘yicha dekan muovini; 2008-2009-yillarda Toshkent shahar 1-Respublika tibbiyot kolleji katta о‘qituvchisi; 2009-2010-yillarda “О‘zArxiv” agentligi qoshidagi markaziy davlat arxivi katta ilmiy xodimi; 2010-2011-yillarda “MARG`IYONA-PRINT” Mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisi va direktori; 2011-2012 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Pedagogik ta’lim” jurnali muharriri; 2015-2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti о‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, fakultet ilmiy ishlar bо‘yicha dekan muovini; 2016-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi О‘zbek tili va adabiyoti universiteti О‘zbek tili va uni о‘qitish metodikasi, 2017-2020 yillar oralig‘ida O‘zbek fillogiyasi fakulteti, O‘zbek tilshunoslig kafedrasi dotsenti va fakultet ilmiy ishlar bо‘yicha dekan muovini vazifasida faoliyat yuritgan.
2020-yil sentabridan to hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Professor A.Nurmonov ilmiy rahbarligida “Maktabgacha yoshdagi о‘zbek bolalar nutqining lingvistik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik (2004) dissertatsiyasini himoya qilgan. Dotsent ilmiy unvonini olgan (2016).
Hozirda professor D.Lutfullayeva rahbarligida “О‘zbek tilida sintaktik sinonim, antonim va omonimlar hosil bо‘lishining lingvokognitiv asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
О‘zbek tilshunosligidagi yangi soha – psixolingvistika yо‘nalishi bо‘yicha dastlabki dissertatsion tadqiqot muallifi. Mavzu doirasida monografiya, Respublika va xorijiy nashrlarda о‘zbek, rus va ingliz tillarida kо‘plab ilmiy maqolalar chop ettirgan.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
- O‘zbek tili;
- O‘zbek tilining sohada qo‘llanlishi;
- Til va adabiyot o‘qitish metoikasi.
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
- Matn tilshunosligi
- Hozirgi o‘zbek adabiy tili
- Sotsiolingvistika
- Badiiy matnning lisoniy tahlili
Malaka oshirganligi: 2021.
Ilmiy qiziqishlari: Kognitiv tilshunoslik, Antropotsentrik tilshunoslik, lingvokulturologiya, psixolingvistika, neyrolingistika.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
- 2015-2017 yillarga mо‘ljallangan amaliy tadqiqotlar davlat dasturlari doirasidagi a-1-61 raqamli “Kо‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bо‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” nomli davlat grantida qatnashgan.
- 2018-2020 yilarga mо‘ljallangan amaliy tadqiqotlar davlat dasturlari doirasidagi Бв –Atex018 (251+143) raqamli “Kо‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta-minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” nomli davlat grantida a’zo sifatida
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
- a) Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universiteti, Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti (2004-2008)
- b) Qozog‘iston Davlat universiteti (2019)
- v) Rossiya Federatsyasi Boshqirdiston, Ufa davlat universiteti (2019-2020)
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
3ta monografiya, 5ta о‘quv-uslubiy qо‘llanma, 1ta audiokitob, 75dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Sayfullayev Anvar Islamovich
E-mail: sayfullayev@navoiy-uni.uz
Tel: +998712814736
Webpage: http://scholar.google.com/…
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Lavozimi:
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘AUning o‘zbek ingliz tajima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘AUning o‘zbek ingliz tajima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani, “ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi.
Anvar Sayfullayev 1976-yil 20-iyulda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2019-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. 2013-yil 2-oktabrdan 22-oktabrgacha Norwich institutida Tillarni o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirib qaytgan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘AUning o‘zbek ingliz tajima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda. Markazimizda 2019-yildan buyon tinglovchilarga o‘z bilim va tajribalarini ulashmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
- Ingliz tili
- Amaliy xorijiy tilni o‘rganishning intensiv usullari
Malaka oshirganligi: 2013-yilda (Norwich institute for language education)
Ilmiy qiziqishlari: xorijiy tillar, ingliz adabiyoti, inliz tili tarixi.
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
I Международная научная конференция, посвященная 100-летию образования Республики Башкортостан и 110-летию создания Башкирского государственного университета (г. Уфа, 12-13 декабря 2019 г.)
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, xalqaro va respublikasida nashr etilgan 10 ga yaqin maqolalar muallifi.

Azimova Iroda Alisherovna
E-mail: azimova_iroda@navoiy-uni.uz
Tel: +998998327955
Webpage: http://scholar.google.com/…
Filologiya fanlari nomzodi
Lavozimi:
“Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi dotsenti
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibi.
Ona tili bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini yaratishda bosh ekspert. UNICEFning ona tili fani bo‘yicha mahalliy eksperti. Ona tilidan malakani baholash bo‘yicha loyihada bosh mutaxassis.
2-sinflar uchun tayyorlangan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmasi muallifi.
“Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi dotsenti. ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi.
Iroda Azimova 1979-yil 11-noyabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan.
1996-2000-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qigan.
2000-2002-yillarda mazkur universitetda magistraturaning Lingvistika yo‘nalishida tahsil olgan.
2002-yil sentabrdan O‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshlagan.
2002-2005-yillarda shu universitetda aspiranturada o‘qigan.
2006-yilda Ispaniyaning Tarragona shahridagi Rovira i Virgili universitetida “Til va nutq texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan.
2008-yilda “O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2007-2010-yillar davomida “Umumiy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasi” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
2010-2013-yillar davomida Yevropa Ittifoqining qo‘shma magistatura dasturida “Klinik tilshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qib, Germaniyaning Potsdam universiteti, Niderlandiyaning Groningen universiteti, Finlandiyaning Joensuu universiteti tomonidan berilgan MSc (Master of Science) darajasiga ega bo‘lgan.
2014-yil yanvardan O‘zbekiston Milliy universitetiga doktoranturaga qabul qilingan.
2016-yil may oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri etib tayinlangan.
2019-yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tilini masofaviy o‘qitish kurslarini yaratish” loyihasi rahbari bo‘lgan.
2019-2020-yillar davomida “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat yuritgan. Hozirda “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasida faoliyat yuritmoqda.
Iroda Azimova o‘z faoliyati davomida bakalavriat uchun “Til o‘rganishning psixolingvistik asoslari”, “Til o‘rganish va madaniyatlararo kommunikatsiya”, magistratura uchun “Til ta’limida psixolingvistik yondashuv” kabi fanlarning dasturini ishlab chiqib, mos ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasini yangi fanlar bilan boyitdi. “Neyrolingvistika”, “Ona tilini o‘zlashtirishning psixolingvistik asoslari”, “Psixolingvsitikaga kirish” fanlaridan qo‘shimcha fan sifatida dars berib, talabalarni tilshunoslikdagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirdi.
Hozirda qaysi fanlardan dars beradi?
- Til ta’limiga psixolingvistik yondashuv.
- Tilshunoslik nazariyasi.
- Psixolingvistika.
- Neyrolingvistika.
- Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi.
- Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi.
- Amaliy psixolingvistika.
- Ona tili o‘qitishning xorijiy tajribasi.
Ilmiy rahbarlik:
- a) PhD dissertatsiyalariga rahbarlik
- Abdullayeva Oqila “O‘zbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari”, tayanch doktorant
- Saidahmedova Odina “Tabiiy tartib gipotezasining o‘zbek tili uchun talqini” tayanch doktorant
- Xonnazarov Elyor “Oʻzbek tilida zamonni ifodalovchi grammatik shakllarning kognitiv tadqiqi”, mustaqil izlanuvchi
- b) Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik
- Abdurasulov Qobiljon “5-sinf o‘quvchilarida og‘zaki nutq malakasini rivojlantirish” 2020-yilda himoya qilingan.
- Murodova Aziza “5-sinf o‘quvchilarida eshitib tushunish malakasini rivojlantirish” 2020-yilda himoya qilingan.
- Sharopova Feruza “5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish” 2020-yilda himoya qilingan.
- c) Bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik
Rustamova Shamshoda “O‘n ikki-o‘n uchli yoshli bolalar og‘zaki nutqining psixolingvistik tadqiqi” 2020-yilda himoya qilingan.
Malaka oshirganligi: 2020.
Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik nazariyasi, Psixolingvistika, Neyrolingvistika, Amaliy psixolingvistika.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
- Ona tili bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini yaratishda bosh ekspert;
- UNICEFning ona tili fani bo‘yicha mahalliy eksperti;
- 2-sinflar uchun tayyorlangan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmasi yaratuvchilaridan biri.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining UNICEF bilan loyihasi doirasida ona tili fanidan Milliy o‘quv dasturi yaratilishida ishtirok etgan.
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Iroda Azimova 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 darslik, OAK va xalqaro nashrlar hamda respublika konferensiyalaridagi 10 ga yaqin maqolalar muallifi.

Odilov Yorqinjon Rahmonaliyevich
E-mail: yorqinjon-1979@yandex.ru
Tel: +998977062530
Webpage: http://scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi:
Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
Yorqinjon Odilov 1979-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2002-2008-yillarda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani 14-maktabda o‘qituvchilik qilgan. 2008-2011-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika institutining magistratura bo‘limida tahsil olgan. 2011-2015-yillarda Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining stajor-tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2015-2016-yillarda kichik ilmiy xodimi, 2016-2017-yillarda O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti kichik xodimi bo‘lib ishlagan. 2017-2018-yillarda Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining yetakchi xodimi, 2018-yildan boshlab bo‘lim mudiri lavozimlarida mehnat qilmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Semantikaning dolzarb muammolari
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
- Maftuna Rahimova
- Baxtiyor Xolmuxamedov
Malaka oshirganligi: 2019.
Ilmiy qiziqishlari: Til nazariyasi, sosiolingvistika, semasiologiya, etnolingvistika, lingvokulturologiya
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
1) 2011-2015 yillarda “O‘zbek tilining mustaqillik davri taraqqiyoti” fundamental loyihasi;
2) 2014 yilda “So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. o‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati” innovasion loyihasi;
3) 2016-2020 yillarda “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tili vazifaviy uslublari tahlili asosida)” fundamental loyihasi.
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
- Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni. Xalqaro ilmiy anjuman
- Международной научно-практической конференции. – Саратов, 2016
- «Ұлы Дала» II гуманитарлық ғылыми форумы
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Yorqinjon Odilov 2 ta monografiya va lug‘at, 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 150 ga yaqin o‘zbek va jahon nashrlaridagi maqola va tezislar muallifi.

Jalilov Komil Qudratovich
E-mail: komil.djalilov@gmail.com
Tel: –
Webpage: https://kitobxon.com/…
“ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi
TEAMda katta o‘qituvchi. Prezident agentligi tasarrufidagi ijod maktablari uchun 11-sinf Adabiyot darsligi muallifi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi.
Komil Jalilov – 1979-yil 18-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.
2000-yil Samarqand davlat chet tillar instituti, 2002-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini va 2018-yil London universiteti kolleji Ta’lim instituti magistraturasini (University College London UCL Institute of Education, UK) tamomlagan. AQShning Kolumbiya universitetida (Columbia University, New York, USA) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida (Westminster International University in Tashkent) pedagogika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirgan. Faoliyati davomida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qator xalqaro loyihalarda ishlagan, JIDU qoshidagi akademik litsey, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litsey, Moskva davlat universiteti Toshkent filiali, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti singari ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatini olib brogan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidagi faoliyati davomida chet tillarni bilish darajasini baholash milliy test tizimining shakllanishida bevosita ishtirok etgan.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Ta’limda baholash nazariyasi va metodologiyasi
Malaka oshirganligi: 2016.
Ilmiy qiziqishlari: Filologiya fanlarini o‘qitish metodikasi, ta’limda baholash va uning ta’lim samaradorligiga ta’siri.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
AQSHning Kostal Karolina universiteti (Costal Carolina University) “Jahon adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda “XX asr va zamonaviy o‘zbek hikoyalarining ingliz tiliga tarjimalari” (2013-2018) loyihasi doirasida Erkin A’zamning “Stupka” hikoyasini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining UNICEF bilan loyihasi doirasida adabiyot fanidan Milliy o‘quv dasturi yaratilishida, shuningdek, adabiyot, o‘zbek tili va xorijiy tillar fanlari uchun Milliy o‘quv dasturi baholash komponenti yaratilishida ishtirok etgan.
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
Amerika Qo‘shma Shtatlari – Fulbright dasturi (2007-2008): mazkur grant doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu York shahridagi Kolumbiya Universitetida “Pedagogik psixologiya va til ta’limi” yo ‘nalishida malaka oshirgan, shuningdek, mazkur universitetda o‘zbek tilidan saboq bergan.
Buyuk Britaniya – Chevening dasturi (2017-2018): mazkur grant doirasida London universiteti kolleji Ta’lim institutini “O‘quv dasturlari, pedagogika va baholash” magistratura mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
“Baholash nazariyasi asoslari (pedagogik o‘lchovlar, testologiya)” (2020-yil)
“Exam Skills for Teachers and Learners of English” (2016, 2018-yillar)

Jo‘raqo‘ziyev Nodirbek Imomqo‘ziyevich
E-mail: njurakuziyev@navoiy-uni.uz , nodirbekjurakuziyev@mail.ru
Tel: +998917801923
Webpage: https://scholar.google.com/…
“ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
Jo‘raqo‘ziyev Nodirbek Imomqo‘ziyevich – 1982-yil Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1999-yilda tumandagi 31-o‘rta maktabni imtiyozli tamomlagan. 2000-2002-yillar xarbiy hizmatni o‘tagan. 2002-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining “O‘zbek filologiyasi” fakultetiga davlat granti asosida bakalavr bosqichiga o‘qishga qabul qilingan. 2006-yili universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlab, 2006-2008-yilladra Lingvistika (Turkiy tillar) mutaxassisligini bitirgan. 2008-2011-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti stajor-tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2011-2012-yillarda O‘zbek filologiyasi fakulteti dekanat metodisti, 2012-2013-yillarda O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2013-2014-yillarda O‘zbek adabiyotshunosligi va jahon adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2014-2015-yillarda O‘zbek filologiyasi fakulteti “G‘ulom Karimov fondi” kabineti mudiri, 2015-2016-yillarda O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti va matnshunoslik kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. 2016-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi. 2017-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘rindosh o‘qituvchisi. 2017-2017-yillarda O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti. 2018-yildan hozirga vaqtgacha Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi o‘rindosh katta o‘qituvchisi hamda Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavoizmida ishlab kelmoqda.
2018-yilda filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Rahmonov rahbarligida 10.00.08-Folklorshunoslik ixtisosligidan “Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda kosmogonik mifologiya” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvoffaqiyatli yoqlagan.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
- O‘zbek mifologiyasi
- Turkiy xalqlar adabiyoti davrlari
- Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish
Ilgari dars o’tgan fanlari:
- O‘zbek tili tarixi
- Hozirgi o‘zbek adabiy tili
- O‘zbek adabiyoti tarixi
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
Malaka oshirganligi: 2018 (Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish)
Ilmiy qiziqishlari: Turkologiya, Turkiy xalqlar adabiyoti, Turkiy xalqlar mifologiyasi, O‘zbek tili tarixi, folklorshunoslik
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
Turkiyaning “TİKA Türkoloji yaz staj programi” (2005).
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
- «Ломоносов-2013». MDU. Rossiya. Moskva. (2013)
- «Актуальные проблемы современного монголоведения и алтаистики». Elista. (2014).
- Uluslararası Türk Dünyasi Çocuk Oyun ve Oyuncakları Kurultayı.Turkiya. Eskishahar. (2015)
- The Fourth International Congress of Turkology. Vengriya. Varshava. (2016)
- Современные проблемы тюркологии: язык – литература – культура. Moskva. (2016)
- «Традиционная культура тюркских народов в изменяющемся мире». Tatariston. Qozon. (2017)
- «Тюркология в современном мире» Qozog‘iston. (2018)
- Türk Dünyasının Öncüleri. Turkiya. Anqara. (2018)
- «Великая степь». IV Форум гуманитарных наук. Qozog‘iston. Nur-Sultan. (2019)
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
50 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilgan.
Olgan mukofotlari:
Qozog‘iston xalqlar assambleyasining «Birlik» oltin medali

Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi
E-mail: nilufar_abduraxmonova@gmail.com
Tel: +998971883035
Webpage: https://scholar.google.com/…
OʻzMU professori, filologiya fanlari doktori (DSc)
ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professor-o‘qituvchisi. Xorij tajribasiga ega eng bilimli ustozlarimizdan hisoblanadi.
Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi 1987- yil 24-aprelda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tavallud topgan.
U 2009-yil O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti bakalavr yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
2011-yil mazkur universitetning magistraturasi lingvistika mutaxassisligini tugatgan.
2013-2017-yillarda O‘zMU va ToshDO‘TAU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bo‘lgan. 2016-yildan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matematika va axborot kommunikatsion texnologiyalar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan.
2018-yil professor Hamidulla Dadaboyev rahbarligida “Inglizcha matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minoti” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2020-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.
2021-yilda “O‘zbek tili elektron korpusining kompyuter modellari” nomli filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatatsiyasini himoya qilgan.
2022-yilda 1 nafar PhD dissertatsiyaga rahbarlik qilgan.
2022-yildan aprel oyidan beri O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Nilufar Abduraxmonova 4ta xalqaro, 4ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy loyiha ishtirokchisi.
N.Abduraxmonova bir qator til texnologiyasi va kompyuter lingvistikasiga doir nufuzli xalqaro konferensiyalarning dastur a’zosi hisoblanadi.
2018-yil O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati bo‘lgan hamda Litvadagi Vitautas Magnus universitetida Korpus texnologiyasi va Kompyuter lingvistikasi sohalari bo‘yicha malaka oshirgan.
2018-2019 yillarda Erasmus+ loyihasi doirasida Ispaniyaning Koruna universitetida hamda Polshaning Adam Miskiyevich universitetida Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha malaka oshirgan.
2019-yil, 4-6-dekabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida YUNESKO tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Til texnologiyasi hamma uchun (LT4all)” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning maxsus eksperti sifatida ishtirok etgan.
2020-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III respublika tanlovining “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasi bo‘yicha mutloq g‘olibasi bo‘lgan. Shuningdek, N.Abduraxmonova ushbu yo‘nalishda Koreya innovatsion ayollar assosatsiyasining xalqaro maxsus sertifikati bilan mukofotlangan.
2021-yilda N.Abduraxmonova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-analiy loyiha yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbek tilining ko‘p modulli elektron platformasi” uchun II o‘rin bilan taqdirlangan.
N.Abduraxmonovaning jami 200 ta ilmiy ishi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiyasi komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 40 ta maqola (shundan 6tasi xorijiy jurnalda), 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik, 2 ta lug‘at, 20 ta mualliflik guvohnoma, 1ta Web of science va 5 ta Skopus bazasiga indekslangan nufuzli xalqaro konferensiyada hamda Respublika va xorijiy konferensiyalarda 80 ta ilmiy maqola va tezis e’lon qilingan.
Abduraxmonova oilali, uch nafar farzandning onasi.

Xoʻjayev Alijon Atabekovich
E-mail: a.khujaev@edu.uz
khujaev@tdpu.uz
alijon1983@mail.ru
Tel: +998909293909
Webpage: https://scholar.google.com/…
Pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh mutaxassisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh boshqarmasi, Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozorini tahlil qilish boʻlimi bosh mutaxassisi.
Xoʻjayev Alijon Atabekovich – 1983-yil Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida tugʻilgan. 2000-yilda tumandagi S.X.Sirojiddinov nomidagi 3-sonli iqtidorli bolalar maxsus litsey internatini imtiyozli tamomlab, 2000-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Fizika-matematika” fakulteti “Matematika va informatika” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan. 2004-yili universitetni tamomlab, ushbu yili mazkur universitetning “Matematika” mutaxassisligi magistraturasiga qabul qilinib, 2006-yilda professor M.Madirov rahbarligida magistrlik diplomini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2019-yil p.f.d., professor B.Abdullayeva rahbarligida 13.00.07 – taʼlimda menejment ixtisosligi boʻyicha “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati monitoringini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan va pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, 2021-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.
2006-2007-yillarda Nizomiy nomidagi TDPU “Oʻquv zaxiralarini joriy etish va dasturiy taʼminot” boʻlimi tarmoq va maʼlumotlar banki maʼmuri, 2007-2010-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU “Geometriya va amaliy matematika” kafedrasi aspiranti, 2010-2011-yillarda Nizomiy nomidagi TDPU “Matematika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi, 2011-2015-yillarda Nizomiy nomidagi TDPU “Fizika-matematika” fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini, 2015-2021-yillarda Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi, Oʻquv-metodik boshqarma boshligʻi, Oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2021-yil mart oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh boshqarmasi, Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va taʼlim xizmatlari bozorini tahlil qilish boʻlimi bosh mutaxassisi siatida faoliyat olib bormoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
- Geometriya
- Oliy matematika
- QT va MO tarmoq markazlarida kredit modul tizimi va oʻquv jarayonini tashkil etish, Oʻz oʻzini bandligini taʼminlash, qambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishning meʼyoriy huquqiy asoslari modullari.
Ilgari dars oʼtgan fanlari:
- Geometriya
- Oliy matematika
- Qiziqarli matematika
Malaka oshirganligi: 2021.
Ilmiy qiziqishlari: Mamlakatimizda taʼlim sifatini monitoring qilish jarayonida xalqaro baholash dasturlarini keng joriy etish, taʼlim sifatini baholashning elektron tizimini takomillashtirish, taʼlim sifatini prognozlash ustuvorligi asosida diagnostik taʼminotni rivojlantirish.
Xalqaro va Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
- DITD doirasida bajarilgan “T-YOF1-005 – Sust additiv funksionallar funktorini Tixonov kategoriyasiga davomlashtirishlar” nomli yosh olimlar granti, “F-4-27 – Topologik fazolar kategoriyasida harakatlanayotgan baʼzi kovariant funktorlarning topologik va kardinal xossalarini tadqiq qilish” nomli fundamental grant ishtirokchisi sifatida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2848-sonli qarorning 5-bandiga asosan Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanlovida monitoring yurituvchisi
Taklif qilingan xalqaro (Respublika) seminarlar va konferensiyalari:
- 2013-yilda “Zamonaviy topologiya tatbiqlari va muammolari” nomli xalqaro konferensiyada tashkiliy qoʻmita aʼzosi sifatida;
- 2016 va 2017-yillarda chet el olimlari ishtirokidagi “Zamonaviy topologiya tatbiqlari va muammolari” nomli xalqaro konferensiyalarda tashkiliy qoʻmita aʼzosi sifatida;
- 2017-yil YUNISEFning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazilgan seminarda va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha dastur va monitoring tizimini ishlab chiqishda mutaxassis sifatida;
- 2018-yilda “Zamonaviy uzluksiz taʼlim muammolari: innovatsiya va istiqbollar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda tashkiliy qoʻmita aʼzosi sifatida;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash boʻyicha 2017-yil 5-noyabr kuni Xitoy xalq respublikasi, Sian shahri, Shensi Pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan “Obrazovaniye i gumanitarnыy obmen v ramkax nitsiativы “Odin poyas-odin put” nomli xalqaro forum doirasida tashkil etilgan konferensiyada moderatorlik vazifasida (seksiyalarlarni tashkil qilish va muhokamalarni oʻtkazish). Konferensiya rus, ingliz va xitoy tillarida olib borildi.
- 2018-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universteti va Belorus davlat pedagogika universiteti, 2019-yilda Moskva davlat pedagogika universitetlari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida qadrlar tayyorlash boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik ishlarini oʻquv-meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda mutaxassis sifatida;
- 2020-yil 24-iyul kuni soat 11:00 da 2020/2021 oʻquv yilidan kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga bagʻishlangan onlayn seminar-treninga, Oʻzbekiston Respublikasi televideniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanalida doimiy ravishda taʼlimga oid, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga bagʻishlagan “Munosabat” telekoʻrsatuvida (2019-yil, 20 sentabr, 2020-yil 28-fevral), “Sevimli” kanalida “Xayrli oqshom” telekoʻrsatuvida (2020-yil 7-mart), shuningdek, karantin davrida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotgan brifingda (2020-yil mart) respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonida masofaviy shaklda tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, talabalarga masofaviy shaklda sifatli bilim berish boʻyicha universitetda qilinayotgan ishlar boʻyicha mutaxassis sifatida oʻz taklif va tavsiyalari bilan ishtiroq qilib kelmokda.
- 2019-yilda Yangiyoʻl tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mslahatchisining 2018-yil 15-oktyabrdagi 09-2520-son hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 18-oktyabrdagi 87-02-2995-son topshiriq xatlari ijrosini taʼminlashda Yangiyoʻl tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash hamda taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarda;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “X Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika yarmarkasida;
- 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Rossiya Federatsiyasi taʼlim sifatini baholash institutlari tomonidan tashkil etilgan “Успешное участие в международных программах оценки-важный фактор повышения качества образования”nomli kursni muvaffaqiyatli yakunlab, ekspert sifatida “Sertifikat”ga ega boʻlgan.
- 2021-yil aprel oyida Birlashgan Arab Amirligi Atton institutida oʻtkazilgan “Emotional Intelligence — think like a leader — CPD endorsed” kursida tahsil olib, “Sertifikat”ga ega boʻlgan.
Asosiy ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlari:
80 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlarshtsh eʼlon qilgan. Shulardan 3 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 9 ta uslubiy qoʻllanma.

Atamuratov Rasuljon Kadirjonovich
E-mail: –
Tel: +998901119596
Webpage: https://scholar.google.com/…
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Matematika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Matematika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.
Rasuljon Atamuratov 1989-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 2003-2013-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi. 2013-2015-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura talabasi (o‘rindoshlik asosida magistratura bo‘limi ish yurituvchisi). 2015-2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti axborot resurs markazi muhandisi (o‘rindoshlik asosida “informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi). 2016-yildan hozirgi vaqtga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Matematika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
Informatika
Malaka oshirganligi: 2019.
Ilmiy qiziqishlari: Informatika, dasturlash, matematika, axborot kommunikatsiya texnologiyalari.
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Rasuljon Atamuratov 2 ta xorij nashrlarida chop etilgan maqola, 1 ta mualliflik guvohnomasiga ega.

