KASBIY QAYTA TAYYORLOV KURSI
“O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI” YO‘NALISHI BO‘YICHA
KASBIY QAYTA TAYYORLOV KURSI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 14-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida kasbiy (pedagogik) qayta tayyorlash kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida” gi 479-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, kadrlar buyurtmachilari talablari asosida masofaviy shaklda, umumiy davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etildi.
Qayta tayyorlashning o‘quv rejalari jahonning nufuzli universitetlarida o‘qitiladigan “Testologiya”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik”, “Til o‘qitish metodikasi” (Psixolingvistika) kabi yangi fanlar bilan boyitildi. Mazkur fanlarning ishchi va fan dasturlari ishlab chiqildi, o‘quv-metodik ta’minoti (ma’ruza matnlari, amaliy topshiriqlar mavzular matni, nazorat savollari, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, glossariy, test savollari, taqdimotlar, video darslar, keys savollari) yaratildi hamda dc.bimm.uz saytiga kiritildi.


