Hamkorlik
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida bir qator xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, AQShning 5 ta, Angliyaning 1 ta, Fransiyaning 1 ta, Yaponiyaning 2 ta, Koreyaning 2 ta, Turkiyaning 13 ta, Hindistonning 1 ta, Qozogʻistonning 1 ta va boshqa bir qator ta’limi eng rivojlangan universitetlari bilan ilmiy-innovatsion va oʻquv-uslubiy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan “mahorat darslari”, maʼruza oʻqish, qoʻshma nashrlar tayyorlash maqsadida taʼlim va ilm-fan almashinuvlarini amalga oshirish hamda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Bu boradagi ishlar samarasi o‘laroq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Turkiya Respublikasi Ta’lim vazirligi turk tili va adabiyoti o‘qituvchisi Hamza O‘zturkchu ishtirokida «O‘zbek adabiyotini turk tiliga tarjimasi muammolari» mavzusida onlayn vebinar,
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti turk tili o‘qituvchisi, PhD Huseyin Kaba ishtirokida «O‘zbek va Turk tilida qo‘lyozmalarning xususiyatlari» mavzusida onlayn vebinar,
Buyuk Britaniyadagi Warwick Universiteti PhD tadqiqotchisi Komila Tangirova ishtirokida «Til o‘qitishda korpus lingvistikasidan foydalanish» mavzusida onlayn vebinar,
Jamia Millia Islamia universiteti, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, professor Shahid Tasleem ishtirokida «O‘zbek tilining xorijda o‘rganilishi (Hindiston misolida)» mavzusida onlayn vebinar,
Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti tadqiqotchisi, PhD Meral Alizade, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi attashesi Shoxrux Samadov, ToshDO‘TAU qoshidagi PKQT va MO tarmoq markazi direktori Zulxumor Mirzayeva ishtirokida «O‘zbek adabiyoti jahon adabiyotshunosligi kontekstida (Angliya olimlari misolida)» mavzusida onlayn vebinar,
«El-yurt umidi» jamg‘armasi Axborot xizmati rahbari M. Sodiqov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univetsiteti Amaliy filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor S. X. Muhamedova, «El-yurt umidi» jamg‘armasi Хorijda faoliyat yuritayotgan va qimmatli tajribaga ega bo’lgan vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘limi boshlig‘i J. Quryozov, AQSh Indiana universiteti «Til mukammalligi va texnologiyalari Markazi» kordinatorining yordamchisi U. Hikmatillayevalar ishtirokida «AQShda chet tillarini o‘qitish tajribasidan: o‘zbek tili misolida» kabi mavzularda vebinarlar o’tkazildi.
Shuni ta‘kidlash joizki, markazimiz tomonidan doimiy ravishda xalqaro darajadagi vebinarlar tashkillashtiriladi, vebinarlardan xabardor bo‘lib turish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lishinigzni tavsiya qilamiz:
https://telegram.me/retraincentrenavoiy
https://www.facebook.com/profile.php?id=100077036864380
https://www.youtube.com/channel/UC_PH5KHsILSQtnpxXn4FDSQ
Bundan tashqari, markazimiz O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘plab xorijiy davlatlar elchixonalari bilan hamkorlik aloqalariga ega. Bular qatorida Turkiya, Pokiston, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarini sanashimiz mumkin.
Markazimiz xorijiy tillilar uchun o‘zbek tili kurslari ham mavjud. Quyida onlayn darslardan kadrlar:
Turkiyaliklar uchun o’zbek tili va madaniyati kursidan lavhalar:
Bugungi kunda hamkorlik qilinayotgan universitetlarimiz:














![osmaniye-korkut-ata-university-04967555-c29f-4c2c-b21d-ea0d6f41cabd[1] osmaniye-korkut-ata-university-04967555-c29f-4c2c-b21d-ea0d6f41cabd[1]](https://tiladabiyot-tm.uz/wp-content/uploads/2022/03/osmaniye-korkut-ata-university-04967555-c29f-4c2c-b21d-ea0d6f41cabd1-156x156.jpg)











