
Dadaboyev Hamidulla Aripovich
E-mail: h_dadaboyev@rambler.ru
Tel: +998935634246
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori, professor.
Lavozimi: ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori
O‘zbek tilshunosligi va turkiyshunosligining faol namoyandasi, atoqli olim. ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori
Hamidulla Dadaboyev 1947-yil 5-sentyabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan.
1966-1971-yillarda Toshkent davlat universiteti (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Xorijiy filologiya fakultetida tahsil olgan. 1977-1980-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiraturasida o‘qigan. 2000-2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti “Til nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yil iyun oyidan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
- Tilshunoslik nazariyasi
- Nazariy tilshunoslik masalalari
- O‘zbek struktur tilshunosligi asoslari
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
- O‘zbek tili tarixi.
- Nazariy tilshunoslik masalalari.
- Tilshunoslik nazariyasi.
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
H.Dadaboyev yuqori malakali filolog-tilshunos mutaxassislar tayyorlashda ham ko‘pchilikka ibrat bo‘lib kelmoqda. Ustozning ilmiy maslahatchiligi va rahbarligida to‘rtta fan doktori, sakkizta fan nomzodi tayyorlandi. Ayni paytda olim beshta filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va ikkita fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlikni amalga oshirmoqda.
Malaka oshirganligi: 2016.
Ilmiy qiziqishlari: tarixiy leksikologiya, leksikografiya, terminologiya, til nazariyasi va harbiy san’at tarixi.
1981-yilda “Eski o‘zbek tilidagi harbiy leksika” mavzuida nomzodlik, 1991-yilda “XI-XIV asr eski turkiy til manbalaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiya” mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
Hamidulla Dadaboyev turkolog sifatida bir necha xalqaro simpozim, kongress va konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashgan (Anqara, 1996, 1997, 2012; Istanbul, 1999, 2013; Taraz, 1995; Almati, 2007; Chimkent, 2013, 2015).
Ispaniya bilan hamkorlikda boshlanishi ko‘zda tutilayotgan “Amir Temurning harbiy mahorati” nomli xalqaro loyiha.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O‘zR Vazirlar Mahkamasi buyurtmasiga binoan 10000 adadda nashr qilingan “Amir Temurning harbiy mahorati”(1996) hamda “Ajdodlarimizning harbiy mahorati”(2016), “Amir Temur-buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda” (2012) kabi risola va monografik tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rdi.
Nosiruddin Rabg‘uziy qalamiga mansub “Qisasi Rabg‘uziy”asarini 1990-1991 yillari E.Fozilov, A.Yunusov va N.Asilova hammuallifligida “Yozuvchi” nashriyotida ikki kitob shaklida joriy alifboda to‘rt yuz ming adadda chop etishda, 2010-2011-yillarda G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov va B.To‘xliyev bilan birgalikda Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” falsafiy-didaktik asari ilmiy-tanqidiy matnini besh jild shaklida e’lon qilishda, 1960-1963-yillarda S.Mutallibov tomonidan chop etilgan Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk”asari to‘ldirilgan va isloh qilingan ikkinchi nashrini 2016-2017-yillarda “Mumtoz so‘z” nashriyotida bosmadan chiqarishda jonbozlik ko‘rsatib, ko‘hna manbalar til xususiyatlarini mukammal egallaganligini yana bir namoyish etdi. 1983-1985-yillarda xalqimizga tuhfa etilgan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”ni tuzishda faol ishtirok etib, lug‘atshunoslik bo‘yicha ulkan tajriba to‘plagan olim o‘zbek adabiy tili tarixini o‘zida mujassam etgan, til va terminologiya tarixi uchun zurur bo‘lgan yirik fundamental manba-16 bosma taboqdan iborat “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati”(2003)ni nashr ettirdi. 2008-yilda O‘zMU ning 90 yilliga munosabati bilan bu lug‘atning ikkinchi nashri e’lon qilindi.
2002-yildan buyon har ikki yilda “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzuida respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazib kelinmoqda.
Serharakat olimning rahbarligida 2010-yildan e’tiboran har yili bir marta nashr yuzini ko‘rayotgan “Lingvist” ilmiy maqollar to‘plami allaqachon respublika tilshunoslari diqqatiga sazovor bo‘lgan.
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
Anqara, 1996, 1997, 2012;
Istanbul, 1999, 2013;
Taraz, 1995;
Almati, 2007;
Chimkent, 2013, 2015.
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Faxrli ustozimiz 250 dan ortiq monografiya, lug‘at, o‘quv qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy universitetining qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich
E-mail: qashqirli@mail.ru
Tel: +998909408265
Webpage: scholar.google.com/…
Pedagogika fanlari doktori, professor.
Lavozimi: ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori
Pedagogika fanlari doktori, professor. Atoqli adabiyotshunos va metodist olim.
Qozoqboy Yo‘ldoshev 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tug‘ilib, 1956-1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-o‘rta maktabda o‘qigan. 1966-1970-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.
1970-1977-yillarda Guliston tumanidagi 1- va 15-maktablarda til va adabiyot o‘qituvchisi, 1977-1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida o‘quv bo‘limi mudiri, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
1980-1985-yillarda O‘zkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xo‘jalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, “Qizil tong” kolxozi parkomi kotibi lavzimlarida ishladi.
1986-1994-yillarda Guliston davlat universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, “Pedagogika va boshlang‘ich taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri, “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.
1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi O‘zbek pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bo‘lim mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani bo‘ldi. 2000-yildan 2005-yilgacha “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri vazifasida xizmat qildi. 2005-2016 yillarda “Matnshunoslik, milliy uyg‘onish davri va hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi professori bo‘lib ishlagan. Hozir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2018-yildan beri dars berib kelmoqda.
1985-yilda “O‘zbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolyutsiyasi” mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa “Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
- Adabiyot o‘qitishni yangilash metodikasi
- O‘zbek adabiyoti
- Badiiy tahlil asoslari
- Hozirgi adabiy jarayon
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Ilgari dars bergan fanlari:
- Adabiyot o’qitish metodikasi
- Zamonaviy o’zbek adabiyoti
- Adabiy tanqid tarixi
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Olim 50ga yaqin nomzodlik ishiga, 30dan ortiq magistrga ilmiy rahbarlik qilgan, uning rahbarligida o‘nga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borgan.
Malaka oshirganligi: 2020.
Ilmiy qiziqishlari: badiiy matn tahlili, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot o‘qitish metodikasi, yangilangan pedagogik tafakkur, adabiy ta’lim asoslari, istiqlol davri o‘zbek adabiyoti bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
Taniqli adabiyotshunos va metodist olim Qozoqboy Yo‘ldoshev Qozog‘iston va Qirg‘izistonda nashr etilgan darslik va qo‘llanmalar muallifi. Qozog‘istonda 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun “O‘zbek adabiyoti” darsligi, 5-9-sinf o‘qituvchi kitobi (metodik qo‘llanma), Qirg‘izistonda 6-7-8-sinflar uchun “O‘zbek adabiyoti” darsliklari chop etilgan.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
Adabiyotshunos va metodist olim ko‘plab “Adabiyot” darsliklari muallifi. Ilmiy va badiiy asarlar uchun so‘zboshi va so‘ngso‘zlari mashhurdir. 2019-yilda o‘zining barcha so‘zboshilari jamlangan “Ochqichso‘z” monografiyasini nashr ettirdi.
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
Q.Yo‘ldoshev adabiyotshunos olim sifatida qator xalqaro va mahalliy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashgan.
- “O‘zbеkistonda mustaqillik davri ma’naviyati rivojida “Jahon adabiёti” jurnalining o‘rni” xalqaro konfеrеnsiyasi
- Alishеr Navoiy ijodiy mеrosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy konfеrеnsiya
- “O‘zbekistonda mustaqillik davri ma’naviyati rivoji-da “Jahon adabiyoti” jurnalining o‘rni” xalqaro konferensiyasi
Asosiy imiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
30 nomda ilmiy va va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilgan, shu jumladan, 1 ta pedagogik atamalar lug‘ati (hamkorlikda), 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 750 dan ortiq ilmiy va ilmiy-publitsistik maqolalar.

Rahmonov Nasimxon Asqarovich
E-mail: –
Tel: –
Webpage: scholar.google.com/…
Filologiya fanlari doktori, professor.
Lavozimi: O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi kafedrasi professori
Filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi kafedrasi professori.
Nasimxon Rahmonov 1952-yil 16-oktabrda Farg‘ona tavallud topdi. Adabiyotshunos olim, o‘zbek adabiyoti tarixi bilimdoni.
1974-yilda FarDUni tamomlagan. 1974-1975-yillarda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 20-o‘rta maktab o‘qituvchisi, 1976-1977-yillarda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 8-o‘rta maktab o‘qituvchisi, 1977-yilda “O‘qituvchi” nashriyoti korrektori, 1979-yilda “O‘qituvchi” nashriyoti muharriri, 1979-1980-yillarda O‘zFA Qo‘lyozmalar instituti “Adabiy meros” jurnali muharriri, 1980-1983-yillarda O‘zFA Qo‘lyozmalar instituti muzey bo‘limi mudiri, 1983-1992-yillarda O‘zFA Qo‘lyozmalar institutida kichik, katta, yetakchi va bosh ilmiy xodim, 1992-2001-yillarda O‘zFA Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq bo‘imi yetakchi ilmiy xodimi, 2001-2010-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori, 2010-2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani, 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori, 2016-2018-yillarda ToshDO‘TAU o‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi professori, 2018-2019-yillarda Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti tillar va adabiyot kafedrasi professori, 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi kafedrasi professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Mumtoz adabiyot tarixi
Turkologiya
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
Matnshunoslik
O‘zbek adabiyoti tarixi
O‘zbek tili tarixi
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Ustozning ilmiy maslahatchiligi va rahbarligida 30 dan ortiq fan doktorlari, fan nomzodlari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) tayyorlangan. Ayni paytda ham olim ko‘plab shogirdlarga ilmiy rahbarlikni amalga oshirmoqda.
Malaka oshirganligi: 2020.
Ilmiy qiziqishlari: turkologiya, o‘zbek tili va adabiyoti tarixi, qadimgi bitiktoshlar.
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
Olimning turkiy adabiyot va turkologiya sohasidagi yutuqlari ko‘plab davlatlarda e’tirof etilgan. Turk tilida chiqqan Turk dunyasi EDEBIYATI, Anqara, 2002-yil, 1-11 cilt (hammualliflikda), qozoq, rus va ingliz tillarida chop etilgan Turkologiya. Butunjahon turkologiyasi tarixi (jamoaviy monografiya), 2016-yil kitoblari ancha shuhrat qozongan
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
N.Rahmonov o‘zbek adabiyoti tarixi va o‘zbek tilining eng qadimgi davridan bugungacha bo‘lgan holati yuzasidan 30ga yaqin kitob yozgan. Ko‘hna bitiktoshlar, Turk xoqonligi, O‘zbek adabiyotini davrlashtirish masalalari, O‘zbek adabiyoti tarixi (o‘quv qo‘llanmasi), Oltun yorug‘ 1-kitob, 2009, 2-kitob, 2013-yil) ,O‘zbek tili tarixi darsligi shular jumlasidandir.
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:
Olimning ilmiy izlanishlari natijasida yaratgan ishlari sermahsul. Shu kungacha 30ga yaqin kitob, o‘quv qo‘llanmalar, 200ga yaqin ilmiy maqola, 4ta tarjima sohasidagi kitoblari nashr etilgan.
Nasimxon Rahmonovning turkologiya sohasidagi xizmatlari xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. U 2017-yili Anqaradagi Turkiya strategik tadqiqotlar markazining mukofoti bilan, 2018-yili Xalqaro Turk Akademiyasi (Nursulton, Qozog‘iston)ning kumush medali bilan, 2021-yili Qozog‘iston xalqi Assambleyasining (Nursulton, Qozog‘iston, Assambleya boshlig‘i Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev) Oltin medali bilan mukofotlangan.

Boltaboyev Hamidulla Ubaydullayevich
E-mail: hbaltabaev@mail.ru
Tel: +998901358590
Webpage: independent-academy.net/…
Filologiya fanlari doktori, professor.
Lavozimi: ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori
Filologiya fanlari doktori, professor. Taniqli adabiyotshunos, nemis, rus va fors tillarini mukammal o‘rgangan, ilm-fan fidoyisi, ijodkor olim.
Hamidulla Boltaboyev 1954-yil 20-avgustda Andijon shahrida maʼrifatli oilada dunyoga kelgan. 1972-1977-yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan. 1977-1983-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti Andijon viloyati filiali o‘qituvchisi, 1983-1998-yillarda Andijon Davlat tillar pedagogika instituti dotsenti, kafedra mudiri, 1998-2013-yillarda Toshkent Davlat universitetida o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi, kafedra mudiri, 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida professor lavozimlarida mehnat qilib kelmoqda.
Hozirda qaysi fandan dars beradi?
Jahon adabiyoti tizimida yetakchi konsepsiyalar
Adabiyot nazariyasi,
O‘zbek adabiyoti tarixi,
Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari
Tizimli tahlil va struktural metod asoslari
Ilgari dars o‘tgan fanlari:
Adabiyot nazariyasi
O‘zbek adabiyoti tarixi
Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:
Ustozning ilmiy maslahatchiligi va rahbarligida 15 ta nomzodlik, 2 ta doktorlik dissertatsiya ishi tayyorlangan.
Malaka oshirganligi: 2021.
Ilmiy qiziqishlari:
Adabiyotshunoslik nazariyasi va tarixi
Adabiy tanqid
Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:
1999-2000-yillari Tokio Davlat universitetida Turkiston tadqiqotlari markazi granti aʼzosi; 2009-yil maydan – Koreya Respublikasi Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi va “Revi of Central Asian Studies” jurnal tahririyati aʼzosi; 2009-yil 3-mayda Turkiya Jumhuriyati 18-mart universiteti (Chanoqqalʼa) faxriy doktori; 2012-yil apreldan Xalqaro Estetika va erkin sanʼat ijtimoiy akademiyasi (Rossiya FA, Moskva) aʼzosi; 2013-yil noyabrdan Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqkoʻl forumi aʼzosi;
Ankara universiteti bilan hamkorlikdagi grant dasturi.
Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:
Adabiyot tarixining fundamental tadqiqi A1-02
Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?
Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:
Karabuk universiteti (Turkiya)
Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari: 5 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Xalqaro va mamlakat miqyosidagi ilmiy anjumanlarda u 50 dan ortiq maʼruzalar bilan chiqishlar qilgan, xorijiy nashrlarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari eʼlon etilgan.

