w2

Karimov Bahodir Nurmetovich

E-mail:
Tel: +90 731 5825
Webpage: scholar.google.com/…

Filologiya fanlari doktori, professor.

Lavozimi: ToshDO‘TAU “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy jarayon” kafedrasi mudiri.

Bahodir Karimov 1966-yilda 7-fevralida Turkmaniston Respublikasi, Toshhovuz viloyati, Tozayormish qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDO‘TAU “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy jarayon” kafedrasi mudiri.

1983-yil Tozayormish qishlog‘idagi 30-sonli o‘rta maktabni tamomlagan. 1984-1986-yillar harbiy xizmatni o‘tagan.

1986-1991-yillarda hozirgi O‘zMU o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

1991-1994-yillarda shu universitet aspiranti. 1991-yildan 2016-yilgacha B. Karimov quyidagi lavozimlarda ishlagan: doktorant, kafedra mudiri, dekan, oliy adabiyot kurslari rahbar o‘rinbosari. 2016-yil iyun oyidan buyon  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon ” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyati:

1995-yili akademik B. Nazarov rahbarligi ostida “Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidchiligidagi o‘rni” mavzusida filologiya fanlari nomzodligi uchun dissertatsiyasini himoya qilgan. 2002-yil professor U. Normatovning ilmiy maslahati ostida “XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Hozirda o‘qitayotgan fanlari: 

  • Adabiyot nazariyasi.
  • Adabiyotshunoslik metodologiyasi
  • Adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot metodologiyasi.

   Ilgari dars bergan fanlari: 

  • XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi.
  • O‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi tarixi.

Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:

Olimning ilmiy rahbarligida 1 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodi, 20 dan ortiq magistrlar tayyorlangan. Hozirda uning ilmiy rahbarligida uch nafar katta tayanch dotorant, uch nafar mustaqil izlanuvchi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqda.

Malaka oshirganligi: 2016-yil yanvar-fevral oylarida Bosh metodik markazda bir oylik malaka oshirish kursida o‘qigan.

Ilmiy qiziqishlari: adabiyot nazariyasi, o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

  1. Karimov Turkiya (Istanbul, 2004, Anqara, 2005), Germaniya (Leypsig, 2005, Berlin, 2008, 2012), Xitoy (Pekin, 2005), Ukraina (Semfiropol. 2011), Turkmaniston (Ashxobod, 2014, 2015)da oʻtkazilgan xalqaro anjuman hamda tadbirlarda qatnashdi.

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

Cho‘lpon ijodi va zamonaviy adabiy jarayon Respublika konferensiyasi, 29-30-noyabr 2018-yil

 

Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

250 dan ortiq monografiya, lug‘at, o‘quv qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi.

q1

Dadaboyev Hamidulla Aripovich

E-mail:   h_dadaboyev@rambler.ru
Tel: +998935634246
Webpage: scholar.google.com/…

Filologiya fanlari doktori, professor.

Lavozimi: ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori

O‘zbek tilshunosligi va turkiyshunosligining faol namoyandasi, atoqli olim. ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori

Hamidulla Dadaboyev 1947-yil 5-sentyabrda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan.

1966-1971-yillarda Toshkent davlat universiteti (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Xorijiy filologiya fakultetida tahsil olgan. 1977-1980-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiraturasida o‘qigan. 2000-2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti “Til nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yil iyun oyidan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

 

  • Tilshunoslik nazariyasi
  • Nazariy tilshunoslik masalalari
  • O‘zbek struktur tilshunosligi asoslari

Ilgari dars otgan fanlari:

  • O‘zbek tili tarixi.
  • Nazariy tilshunoslik masalalari.
  • Tilshunoslik nazariyasi.

 

Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:

H.Dadaboyev yuqori malakali filolog-tilshunos mutaxassislar tayyorlashda ham ko‘pchilikka ibrat bo‘lib kelmoqda. Ustozning ilmiy maslahatchiligi va rahbarligida to‘rtta fan doktori, sakkizta fan nomzodi tayyorlandi. Ayni paytda olim beshta filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va ikkita fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlikni amalga oshirmoqda.

Malaka oshirganligi: 2016.

Ilmiy qiziqishlari: tarixiy leksikologiya, leksikografiya, terminologiya, til nazariyasi va harbiy san’at tarixi.

1981-yilda “Eski o‘zbek tilidagi harbiy leksika” mavzuida nomzodlik, 1991-yilda “XI-XIV asr eski turkiy til manbalaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminologiya” mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

Hamidulla Dadaboyev turkolog sifatida bir necha xalqaro simpozim, kongress va konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashgan (Anqara, 1996, 1997, 2012; Istanbul, 1999, 2013; Taraz, 1995; Almati, 2007; Chimkent, 2013, 2015).

Ispaniya bilan hamkorlikda boshlanishi ko‘zda tutilayotgan  “Amir Temurning harbiy mahorati”  nomli xalqaro loyiha.

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O‘zR Vazirlar Mahkamasi buyurtmasiga binoan 10000 adadda  nashr qilingan “Amir Temurning harbiy mahorati”(1996) hamda “Ajdodlarimizning harbiy mahorati”(2016), “Amir Temur-buyuk davlat arbobi va yetuk sarkarda” (2012) kabi risola va monografik tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rdi.

Nosiruddin Rabg‘uziy qalamiga mansub “Qisasi Rabg‘uziy”asarini 1990-1991 yillari E.Fozilov, A.Yunusov va N.Asilova hammuallifligida “Yozuvchi” nashriyotida ikki kitob shaklida joriy alifboda to‘rt yuz ming adadda chop etishda, 2010-2011-yillarda G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov va B.To‘xliyev bilan birgalikda Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” falsafiy-didaktik asari ilmiy-tanqidiy matnini besh jild shaklida e’lon qilishda, 1960-1963-yillarda S.Mutallibov tomonidan chop etilgan Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk”asari to‘ldirilgan va isloh qilingan ikkinchi nashrini 2016-2017-yillarda “Mumtoz so‘z” nashriyotida bosmadan chiqarishda jonbozlik ko‘rsatib, ko‘hna manbalar til xususiyatlarini mukammal egallaganligini yana bir namoyish etdi. 1983-1985-yillarda xalqimizga tuhfa etilgan to‘rt jildlik “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”ni tuzishda faol ishtirok etib, lug‘atshunoslik bo‘yicha ulkan tajriba to‘plagan olim o‘zbek adabiy tili tarixini o‘zida mujassam etgan, til va terminologiya tarixi uchun zurur bo‘lgan yirik fundamental manba-16 bosma taboqdan iborat “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati”(2003)ni nashr ettirdi. 2008-yilda O‘zMU ning 90 yilliga munosabati bilan bu lug‘atning ikkinchi nashri e’lon qilindi.

2002-yildan buyon har ikki yilda “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzuida respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazib kelinmoqda.

Serharakat olimning rahbarligida 2010-yildan e’tiboran har yili bir marta nashr yuzini ko‘rayotgan “Lingvist” ilmiy maqollar to‘plami allaqachon respublika tilshunoslari diqqatiga sazovor bo‘lgan.

Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?

 

Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:

Anqara, 1996, 1997, 2012;

Istanbul, 1999, 2013;

Taraz, 1995;

Almati, 2007;

Chimkent, 2013, 2015.

 

Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

Faxrli ustozimiz 250 dan ortiq monografiya, lug‘at, o‘quv qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy universitetining qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

photo_2026-02-10_12-47-42

Jabborov Nurboy Abdulhakimovich

E-mail:   jabborov_n@navoiy-uni.uz
Tel: +998712814721
Webpage:-

Filologiya fanlari doktori, professor, Professor

Lavozimi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri

Nurboy Jabborov — adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Adabiyotshunoslik adabiy tanqid kengashi raisi.

1966-yil 1-yanvarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tugʻilgan. 1990-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan. 1990-1993-yillarda H. Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. 1998-1999-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti doktoranti.

  • 1999-2016-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.
  • „Fidokor“ gazetasi bo‘lim mudiri, „O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
  • 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professori, 2017-yildan kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Asarlari:

Nurboy Jabborov Mulla Olim Maxdum Hojining „Tarixi Turkiston“ (1992), Imom Gʻazzoliyning „Daqoyiq ul-axbor“ (1997), Is’hoqxon to‘ra Ibratning «Tanlangan asarlar» (Tadqiqot, matn, lug‘at va ilmiy izohlar. Ulug‘bek Dolimov bilan hamkorlikda) Muhammad Rizo Ogahiyning „Zubdat ut-tavorix“ (2009) singari asarlarini, „Bobo Ravshan“ (1992) xalq dostonini, Zokirjon Furqatning «Ishqingda kuyib jono…» (2021), Muhammad Rizo Ogahiyning «Mulku millatga emin o‘lsa agar ogohlar» (2022), Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning «Emdi sandek jono, jonon qaydadur» (2022) singari to‘plamlarini qoʻlyozma manbalar asosida soʻzboshi, ilmiy izohlar, lugʻat va koʻrsatkichlar bilan nashr ettirgan.

„Maʼrifat nadir“ (2010), „Zamon, mezon, sheʼriyat“ (2015), „Adabiyot va milliy maʼnaviyat“ (2015), «Maoniy ahlining sohibqironi» (2021) singari kitoblari nashr etilgan. U oliy oʻquv yurtlari uchun „Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti“ darsligining hammuallifi hisoblanadi.

Yutuqlari:

Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan „Vatan uchun yashaylik“ ko‘rik-tanlovida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan (2020). Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilgan Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumda ishtirok etgan va «Nizomiy Ganjaviy» xotira nishoni bilan taqdirlangan. Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan «Maoniy ahlining sohibqironi» monografiyasi uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlovchi «Ilhom» jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan «Yilning eng yaxshi asari» respublika tanlovida birinchi o‘rin sohibi bo‘lgan (2021).

Mukofotlari:

Nurboy Jabborov pedagog va jurnalist sifatidagi faoliyati uchun „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan (2002). 2023-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan

FiWyk3aSFKxxHluinooz

Suvon Meliyev

E-mail:  –
Tel: +9989
Webpage: scholar.google.com/…

Filologiya fanlari doktori, dotsent.

Lavozimi: ToshDO’TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi o’qituvchisi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari doktori. ToshDO’TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi o’qituvchisi.

Suvon Meli 1951-yili Samarqandning Kattaqo’rg’on tumanida tavallud topgan. Kattaqo’rg’onda umum ta»lim maktabini tamomlagan.

O‘tgan asrning 70-yillarida hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida o‘qidi. O‘zini kelajakda jurnalistdan ko‘ra, ko‘proq filolog sifatida tassavur etardi. Suvon Meli o‘zbek filologiyasi fakultetida adabiy to‘garak ochib,  Matyoqub Qo‘shjonov etagini tutdi.

1975 yilda O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida laborant lavozimida ish boshlagan. 46 yildan beri shu institutda ishlab kelmoqda.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

  • Adabiyotshunoslikda modernistik metodlar klassifikatsiayasi

Malaka oshirganligi: 2016.

Nashrlari:

  • S.Meli M.Qo’shjonov. «Abdulla Oripov», 2000
  • «So’zu so’z» 2020
  • «Global talqinn poetikasi» 2020

E’tirof : O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

photo_2026-02-05_15-53-31

Erkinov Aftondil Sadirxanovich

E-mail: 
Tel: +998 90 350 03 48
Webpage: –

Filologiya fanlari doktori, Professor

Lavozimi:

ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori.

O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasi mumtoz sharq adabiyoti fakulteti Arab tili va adabiyoti Al-Azhar kafedrasi professori. ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori.

Aftondil Erkinov 1964-yil Toshkentda tug’ilgan. 1981–1986 yillari Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakultetida oʻqigan.

 

1987 yili Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida stajyor-tadqiqotchi boʻlgan. 1988–2008 yillari Oʻzbekiston milliy universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi (1992 yildan) va dotsent (1997 yildan) lavozimlarida ishlagan. 2008–2011 yillari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq klassik filologiyasi kafedrasida, 2012–2015, 2017–2018 yillari “Tamaddun” nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlagan. 2016–2017 yillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻzbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasida faoliyat olib borgan. 2018–2022 yillari Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat koʻrsatgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Navoiyshunoslik” kursidan dars bergan. 2022–2023 oʻquv yilida Metropoliten sanʼat muzeyida (Nʼyu York, AQSh) Endryu-Mellon stipendiasi sovrindori sifatida faoliyat olib borgan. 2023 yildan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori vazifasida ishlaydi.

Hozirda o‘qitayotgan fanlari: 

  • O‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish masalalari.

Ilgari dars bergan fanlari: 

  • Navoiyshunoslik
  • O‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish masalalari
  • Manbashunoslik

Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:

Rahbarligida bitta falsafa doktori hamda 4 nafar fan doktorlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Malaka oshirganligi: 2023

Ilmiy qiziqishlari: Alisher Navoiy hayoti va ijodi, qo‘lyozma manbalar,oʻzbek mumtoz adabiyoti madaniyati va  tarixi.

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

Fransiya (1999, 2010), Italiya (1999, 2003, 2009), Avstriya (2000), Qozogʻiston (2000, 2015), Germaniya (2002, 2014, 2016), Eron (2005, 2015), Buyuk Britaniya (2006, 2010, 2011), Qirgʻiziston (2009, 2013), Rossiya (2011, 2013, 2015, 2018), Polsha (2011), Yaponiya (2013), Turkiya (2015), Niderlandiya (2016), AQSh (2017; 2023), Gruziya (2018) kabi mamlakatlarda oʻttizdan ortiq xalqaro ilmiy konferensiyalarda maʼruzalar qilgan.

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki: 

  • 2017-2020- yillarga mo‘ljallangan Samarqand davlat universiteti huzuridagi (OT-F1-38) loyiha aʼzosi.
  • 2018-2020- yillari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi (PZ-20170926459) loyiha aʼzosi.
  • 2019–2022- yillar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi huzuridagi (№ A-BM-2019-15) loyiha rahbari
  • 2025–2027- yillarga  mo‘ljallangan Samarqand davlat universiteti huzuridagi AL – 9224104777 sonli loyihaga a’zo.

Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari: Alisher Navoiy asarlari va ularning  qoʻlyozma manbalari ustida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi.

q2 (2)

Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich

E-mail: qashqirli@mail.ru
Tel: +998909408265
Webpage: scholar.google.com/…

Pedagogika fanlari doktori, professor.

Lavozimi: ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi professori

Pedagogika fanlari doktori, professor. Atoqli adabiyotshunos va metodist olim.

Qozoqboy Yo‘ldoshev 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tug‘ilib, 1956-1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-o‘rta maktabda o‘qigan. 1966-1970-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.

1970-1977-yillarda Guliston tumanidagi 1- va 15-maktablarda til va adabiyot o‘qituvchisi, 1977-1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida o‘quv bo‘limi mudiri, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

1980-1985-yillarda O‘zkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xo‘jalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, “Qizil tong” kolxozi parkomi kotibi lavzimlarida ishladi.

1986-1994-yillarda Guliston davlat universitetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, “Pedagogika va boshlang‘ich taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri, “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.

1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi O‘zbek pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bo‘lim mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani bo‘ldi. 2000-yildan 2005-yilgacha “Hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri vazifasida xizmat qildi. 2005-2016 yillarda “Matnshunoslik, milliy uyg‘onish davri va hozirgi o‘zbek adabiyoti” kafedrasi professori bo‘lib ishlagan. Hozir Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

ToshDO‘TAU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2018-yildan beri dars berib kelmoqda.

1985-yilda “O‘zbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolyutsiyasi” mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa “Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvonini olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

  • Adabiyot o‘qitishni yangilash metodikasi
  • O‘zbek adabiyoti
  • Badiiy tahlil asoslari
  • Hozirgi adabiy jarayon
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Ilgari dars bergan fanlari: 

  • Adabiyot o’qitish metodikasi
  • Zamonaviy o’zbek adabiyoti
  • Adabiy tanqid tarixi

Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:

Olim 50ga yaqin nomzodlik ishiga, 30dan ortiq magistrga  ilmiy rahbarlik qilgan, uning rahbarligida o‘nga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borgan.

Malaka oshirganligi: 2020.

Ilmiy qiziqishlari: badiiy matn tahlili, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot o‘qitish metodikasi, yangilangan pedagogik tafakkur, adabiy ta’lim asoslari, istiqlol davri o‘zbek adabiyoti bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari.

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

Taniqli adabiyotshunos va metodist olim Qozoqboy Yo‘ldoshev Qozog‘iston va Qirg‘izistonda nashr etilgan darslik va qo‘llanmalar muallifi. Qozog‘istonda 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun “O‘zbek adabiyoti” darsligi, 5-9-sinf o‘qituvchi kitobi (metodik qo‘llanma), Qirg‘izistonda 6-7-8-sinflar uchun “O‘zbek adabiyoti” darsliklari chop etilgan.

 

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

Adabiyotshunos va metodist olim ko‘plab “Adabiyot” darsliklari muallifi. Ilmiy va badiiy asarlar uchun so‘zboshi va so‘ngso‘zlari mashhurdir. 2019-yilda o‘zining barcha so‘zboshilari jamlangan “Ochqichso‘z” monografiyasini nashr ettirdi.

Taklif qilingan xalqaro seminarlar va konferensiyalari:

 

Q.Yo‘ldoshev adabiyotshunos olim sifatida qator xalqaro va mahalliy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashgan.

  • “O‘zbеkistonda mustaqillik davri ma’naviyati rivojida “Jahon adabiёti” jurnalining o‘rni” xalqaro konfеrеnsiyasi
  • Alishеr Navoiy ijodiy mеrosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy konfеrеnsiya
  • “O‘zbekistonda mustaqillik davri ma’naviyati rivoji-da “Jahon adabiyoti” jurnalining o‘rni” xalqaro konferensiyasi

 

Asosiy imiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

30 nomda ilmiy va va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilgan, shu jumladan, 1 ta pedagogik atamalar lug‘ati (hamkorlikda), 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 750 dan ortiq ilmiy va ilmiy-publitsistik maqolalar.

photo_2026-02-05_16-37-32

Yusupova Dilnavoz Rahmonovna

E-mail: dilnavoz@navoiy-uni.uz

Tel: +998 97 706 67 25
Webpage:

Filologiya fanlari doktori, professor

Yusupova Dilnavoz Rahmonovna 1976-yilda tug‘ilgan. ToshDO‘TAU O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi professori

1993-1998-yillarda Toshkent davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 2005-2008-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti aspiranturasida o‘qigan. 2010-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yil sentabr oyidan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va  matnshunoslik kafedrasida ishlab kelmoqda. Oilali, 1 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati

2008-yilda “Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi” mavzusida nomzodlik, 2019-yilda “Temuriylar davridagi aruzga doir risolalarning qiyosiy tadqiqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

  • Navoiyshunoslik;
  • Aruz va mumtoz poetika asoslari

Ilgari dars otgan fanlari:

  • Auz va mumtoz poetika asoslari;
  • O‘zbek adabiyoti tarixi

Ilmiy yo‘nalishi doirasida tayyorlayotgan shogirdlari

Dilnavoz Yusupova hozirgi qadar 2 nafar fan doktori, 6 nafar falsafa doktoriga ilmiy rahbarlik qilgan.

Malaka oshirganligi:

2025-yilda Istanbul Yıldız Teknik Üniversitesi (Turkiya)da 4 haftalik stajirovka o‘tagan.

Ilmiy qiziqishlari:

Mumtoz poetika, o‘zbek adabiyoti tarixi, aruzshunoslik.

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

Dilnavoz Yusupova bir necha xalqaro loyihalar ishtirokchisi. Xususan, Erasmus+ loyihasi doirasida 2019-yil oktyabr oyida Afina (Gretsiya), 2020-yil fevral oyida Moskva (Rossiya) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda maʼruzasi bilan ishtirok etgan. 2023-yilda Erasmus+ loyihasi doirasida Vengriyaning Eötvös Loránd universitetida ilmiy stajirovka o‘tagan. “Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at” va “Istiqlol davri o‘zbek navoiyshunosligi” 30 jidligi kabi fundamental loyihalarda ijodiy guruh a’zosi sifatida ishtirok etgan.

2023 va 2025-yillarda “Alisher Navoiy qadamjolari” ilmiy ekspeditsiyasi tarkibida Eron Islom Respublikasiga safar uyushtirgan.

Dunyoning TOP – 1000 talik oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiruvchi Istanbul Yıldız Teknik Üniversitesi (Turkiya) va Ferdowsi university of Mashhad universitetlarida ma’ruza o‘qigan.

m

Abduraxmanova Mukaddas Tursunaliyevna

E-mail: Mabduraxmanova20@gmail.com

Tel: +998 97 422 09 73
Webpage:

Filologiya fanlari doktori, Professor v.b.

PAbduraxmanova Mukaddas  7-avgust 1970-yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. 2005-yil nomzodlik dissertatsiyasini va 2024-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xorijiy ilmiy to‘plamlarda chop etilgan. Muqaddas Abduraxmanova filologiya fanlari doktori, professor umumiy staji 34 yil.

Abduraxmanova Mukaddas Tursunaliyevna 7-avgust 1970-yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan.

M.Abduraxmanova 1987- yil o‘rta maktabni bitirib, Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti (hozirda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti)ga o‘qishga kirdi. 1992 -yilda mazkur institutni tamomlab, Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakulteti Turkologiya kafedrasiga stajyor tadqiqodchi sifatida qabul kilindi. 1998-2001-yillar aspiranturada tahsil oldi. 2001-2011-yy. o‘zbek filologiyasi fakulteti Turkologiya va fakultetlararo o‘zbek tili kafedrasida, 2012-2016 -yy. O‘zbek tilshunosligi kafedrasida dotsent v.b., 2016- yildan Xorijiy filologiya fakulteti O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri, 2018- yildan 2019- yil (noyabr)ga qadar O‘zbek filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.

2022-yilda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti.

2005-yil f.f.n., dots. A.Rafiyev ilmiy rahbarligida “O‘zbek va turk tillarida ot kategoriyalarining qiyosiy tadqiqi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va 2024-yilda “O‘zbek va turk tillarida leksik omonimlarning lingvokognitiv xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

  • Turk tili
  • Kognitiv tilshunoslik
  • Neyrolingvistika
  • Tilshunoslikka kirish
  • Tillar tipologiyasi

Ilgari dars bergan fanlari: 

  • Pragmalingvistika
  • Korpus lingvistikasi
  • Hozirgi o‘zbek tili
  • Lingvokulturologiya
  • Tilshunoslikka kirish
  • Sotsiolingvistika

Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:

Olimaning ilmiy rahbarligida 2 nafar fan nomzodi va 20 dan ortiq magistrlar tayyorlangan. Hozirda uning ilmiy rahbarligida 6 nafar tayanch doktorant va 1nafar mustaqil izlanuvchi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot oilb bormoqda.

Malaka oshirganligi: 2026-yil (7–19-yanvar offlayn, 21.01dan 02.02gacha onlayn) Malayziya. Pendidikan Sultan Idris Universiteti (UPSI) da malaka oshirgan va ma’ruza o‘qigan.

Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik nazariyasi, antroposentrik tilshunoslik va turkiy tillar qiyosiy grammatikasi

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

Anqara Hoji Bayram Vali universiteti, Istanbul universiteti, Malaziyaning Pedagogika Sultan Idris universiteti

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

2020-2023-yillarda bajarilgan “Erasmus+international KA107. Alisher Navoiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish va uning asarlarini xorijda targ‘ib qilish” mavzusidagi xalqaro loyihada  foydalanilgan.

AM–F3–201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan.

2021-2023-yillarda bajarilgan PZ2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan.

2020-2021-yillаrdа Oʻzbеkistоn dаvlаt хоrеоgrаfiya аkаdеmiyasidа amalga oshirilgan “Oʻzbеk milliy rаqs sаn’аtini tаrgʻib etishgа bаgʻishlаngаn vеb-sаyt vа multimеdiа mаhsulоtlаri toʻplаmini (elektron lug‘atlar) yarаtish” mаvzusidаgi FZ-2019081663 rаqаmli аmаliy lоyihаda fоydаlаnilgan.

2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan.

Asosiy imiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

100 dan ortiq monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at va maqolalar muallifi.

w3

Ishmuhamedov Ravshan Djurayevich

E-mail:
Tel: +935751249
Webpage: –

katta o‘qituvchi

Lavozimi: “ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi (1997), O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sovrindori (2017)

Ravshan Ishmuhamedov 1949-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yilda respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. 1966-yildan 1982-yilgacha Toshkent shahridagi maktablarda bolalar yetakchisi hamda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib mehnat qilgan. 1982-1991-yillarda Toshkentdagi Yoshlar institutida metodist, katta o‘qituvchi, fakultet dekani, direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1991-2009-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida katta o‘qituvchi, rektor yordamchisi kabi lavozimlarida, 2009-2013-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jang‘armasining “Innovatsion texnologiyalar” kursi trener-o‘qituvchisi, pedagogika va psixologiya fakultetining Pedagogika kafedrasining katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining metodik Markazi katta o‘qituvchisi, 2013-2017-yillarda XTXQTMOMIning katta o‘qituvchisi, “Pedagogik xizmatlar” markazi direktori, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi lavozimlarida samarali mehnat qilgan. 2018-yildan hozirgacha XTXQTMOMIning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining Malaka oshirish Markazi dotsenti (o‘rindosh) lavozimlarida faoliyat olib boradi.

Markazimizda 2021-yildan boshlab “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” fanidan tinglovchilarga o‘zining uzoq yillik bilim va tajribasini ulashmoqda.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish

Ilgari dars otgan fanlari:

Rus tili va adabiyoti

 

Malaka oshirganligi: 2019.

 

Ilmiy qiziqishlari: Pedagogika

 

Olgan mukofotlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi
  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sovrindori
w4

Xolmanova Zulxumor Turdiyevna

E-mail: zulxumor-uzmu@mail.ru
Tel: +935642049
Webpage: scholar.google.com/…

Filologiya fanlari doktori, professor

Lavozimi: ToshDO‘TAU “Til nazariyasi” kafedrasi mudiri.

ToshDO‘TAU “Til nazariyasi” kafedrasi  mudiri.

Zulxumor Xolmanova 1969-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1990-1995-yillarda mazkur universitetda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1996-1998-yillarda aspiranturada o‘qigan. 1999-2016-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida dotsent va professor vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida mehnat qilgan.

2016-yil 14-sentabrdan ToshDO‘TAU “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, 2018-yil may oyidan “Folklor va dialektologiya”,       2018-yil sentabrdan “Leksikografiya va dialektologiya” kafedrasi professori, 2020-yil  2-sentabrdan ToshDO‘TAU “Til nazariyasi” kafedrasi  mudiri.

Hozirda qaysi fanlardan dars beradi?

Lingvodidaktika

Tilshunoslik nazariyasi

  • Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
  • Psixolingvistika
  • Sotsiolingvistika
  • Semantika

Nomzodlik dissertatsiyasiga tayyorlayotgan shogirdlari:

Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib keladi. Z.T.Xolmanova rahbarligida 3 ta falsafa doktori (PhD), 20 ta magistrlik dissertatsiyasi tayyorlangan. 100 dan ortiq bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan. Hozirda 3 ta doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilmoqda.

 

Malaka oshirganligi: 2019.

Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tili tarixi, leksikologiya, turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi, kompyuter lingvistikasi, lingvokulturologiya.

 

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

“Tilshunoslikka kirish” (2007),  “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (2013), Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi (hammualliflikda, 2015), “Kompyuter lingvistikasi” o‘quv qo‘llanmalari, “Mutaxassislikka kirish” (hammualliflikda, 2018), “Tilshunoslik nazariyasi” (2019) darsliklari talabalar uchun tegishli fanlarni o‘zlashtirishda asosiy manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. Olimaning ilmiy faoliyati va pedagogik sohadagi yutuqlari “Ayol baxti” (2012), “Til zargari” (2018), “Ko‘ngil obodligi” (2020) teleko‘rsatuvlarida namoyish qilingan.

Z.T.Xolmanova rahbarligida iqtidorli talabalar turli tanlovlarda, respublika miqyosidagi va xalqaro konferensiyalarda, respublika olimpiadalarida  faol ishtirok etib keladi. 2014-, 2015-yillarda L.Abduhamidova  Respublika Fan olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. O‘zMU stipendiyasini qo‘lga kiritdi.   2015-yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. 2016-, 2017-yillarda Nurullayeva Oydin  Respublika Fan olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. 2017-yilda Alisher  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Z.Xolmanova rahbarligida F.Qurbonovaning “Kompyuter lug‘atlari: tezaurus” qo‘llanmasi, K.Soliyevaning  “Bola ruhiyati dunyosi”  risolasi, L.Abduhamidovaning “Tilshunoslikning yangi yo‘nalishlari: kompyuter lingvistikasi” (2015) qo‘llanmalari nashr etildi.

L.Abduhamidova bilan  hamkorlikda  “Alifboni o‘rganamiz”,  “O‘zbek tilini o‘rgatish” ovozli dasturlari, S.Abdurahmonova bilan hamkorlikda  “Wrayter x and h” dasturi yaratilgan va patent guvohnomasi olingan (ЭҲМ учун дастурни расмий рўйхатдан ўтказиш ҳақида қарор: 2018 йил 27 август: №12879).

“Til – madaniyat ko‘zgusi” (2015), “Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish” (2018) mavzusidagi ma’ruzalari 7-mayda “Madaniyat va ma’rifat”  telekanali  “Akademik soat” ko‘rsatuvi orqali, “O‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti” mavzusidagi ma’ruzasi (2020-yil 21-oktabr) “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish qilingan.

2015-yilda “Oliy ta’lim muassasining  eng yaxshi pedagogi” tanlovi Respublika bosqichining Gumanitar fanlar ta’lim sohasi bo‘yicha “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. 2020-yilda  “O‘zbek tilining eng yaxshi metodikasi” tanlovining filologiya yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.

2008-yildan universitet huzuridagi ixtisoslashgan kengash, ilmiy kengash a’zosi. 2002-2003, 2011-yillarda ixtisoslashgan kengash, 2014-2016-yillarda ilmiy seminar kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan. Davlat tilini rivojlantirish departamenti ishchi guruhi a’zosi.

 

 

Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

Hozirga qadar 200 ga yaqin ilmiy-metodik ishlari chop etilgan. Xususan, 2 ta monografiya, 6 ta qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta ma’ruzalar matni, 5 ta namunaviy dastur, 120 dan ortiq maqola va tezis shular jumlasidandir. “Turk dunyasi edebiyatcilar ansiklopedesi” (CILT. П. –Anqara. AYK Ataturk kultur Merkezi, 2000-2004”)da 20 dan ortiq maqola bilan ishtirok etgan. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi:  “Boburnoma”  leksikasi tadqiqi”

w10

Azimova Iroda Alisherovna

E-mail: azimova_iroda@navoiy-uni.uz
Tel: +998998327955
Webpage: http://scholar.google.com/…

Filologiya fanlari nomzodi

Lavozimi:

“Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi dotsenti

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohibi.

Ona tili bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini yaratishda bosh ekspert. UNICEFning ona tili fani bo‘yicha mahalliy eksperti. Ona tilidan malakani baholash bo‘yicha loyihada bosh mutaxassis.

2-sinflar uchun tayyorlangan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmasi muallifi.

“Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi dotsenti. ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi.

Iroda Azimova 1979-yil 11-noyabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan.

1996-2000-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy  universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qigan.

2000-2002-yillarda mazkur universitetda magistraturaning Lingvistika yo‘nalishida tahsil olgan.

2002-yil sentabrdan O‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshlagan.

2002-2005-yillarda shu universitetda aspiranturada o‘qigan.

2006-yilda Ispaniyaning Tarragona shahridagi Rovira i Virgili universitetida “Til va nutq texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan.

2008-yilda “O‘zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2007-2010-yillar davomida “Umumiy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasi” kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

2010-2013-yillar davomida Yevropa Ittifoqining qo‘shma magistatura dasturida “Klinik tilshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qib, Germaniyaning Potsdam universiteti, Niderlandiyaning Groningen universiteti, Finlandiyaning Joensuu universiteti tomonidan berilgan MSc (Master of Science) darajasiga ega bo‘lgan.

2014-yil yanvardan O‘zbekiston Milliy universitetiga doktoranturaga qabul qilingan.

2016-yil may oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri etib tayinlangan.

2019-yilda “Hozirgi o‘zbek adabiy tilini masofaviy o‘qitish kurslarini yaratish” loyihasi rahbari bo‘lgan.

2019-2020-yillar davomida “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti vazifasida faoliyat yuritgan. Hozirda “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasida faoliyat yuritmoqda.

Iroda Azimova o‘z faoliyati davomida bakalavriat uchun “Til o‘rganishning psixolingvistik asoslari”, “Til o‘rganish va madaniyatlararo kommunikatsiya”, magistratura uchun “Til ta’limida psixolingvistik yondashuv” kabi fanlarning dasturini ishlab chiqib, mos ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasini yangi fanlar bilan boyitdi. “Neyrolingvistika”, “Ona tilini o‘zlashtirishning psixolingvistik asoslari”, “Psixolingvsitikaga kirish” fanlaridan qo‘shimcha fan sifatida dars berib, talabalarni tilshunoslikdagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirdi.

 

Hozirda qaysi fanlardan dars beradi?

  1. Til ta’limiga psixolingvistik yondashuv.
  2. Tilshunoslik nazariyasi.
  3. Psixolingvistika.
  4. Neyrolingvistika.
  5. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi.
  6. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi.
  7. Amaliy psixolingvistika.
  8. Ona tili  o‘qitishning xorijiy tajribasi.

Ilmiy rahbarlik:

  1. a) PhD dissertatsiyalariga rahbarlik
  1. Abdullayeva Oqila “O‘zbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari”,  tayanch doktorant
  2. Saidahmedova Odina “Tabiiy tartib gipotezasining o‘zbek tili uchun talqini” tayanch doktorant
  3. Xonnazarov Elyor “Oʻzbek tilida zamonni ifodalovchi grammatik shakllarning kognitiv tadqiqi”,  mustaqil izlanuvchi
  1. b) Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik
  1. Abdurasulov Qobiljon “5-sinf o‘quvchilarida og‘zaki nutq malakasini rivojlantirish” 2020-yilda himoya qilingan.
  2. Murodova Aziza “5-sinf o‘quvchilarida eshitib tushunish malakasini rivojlantirish” 2020-yilda himoya qilingan.
  3. Sharopova Feruza “5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish malakasini rivojlantirish” 2020-yilda himoya qilingan.
  1. c) Bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik

Rustamova Shamshoda “O‘n ikki-o‘n uchli yoshli bolalar og‘zaki nutqining psixolingvistik tadqiqi” 2020-yilda himoya qilingan.

Malaka oshirganligi: 2020.

Ilmiy qiziqishlari: Tilshunoslik nazariyasi, Psixolingvistika, Neyrolingvistika, Amaliy psixolingvistika.

 

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

  • Ona tili bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini yaratishda bosh ekspert;
  • UNICEFning ona tili fani bo‘yicha mahalliy eksperti;
  • 2-sinflar uchun tayyorlangan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmasi yaratuvchilaridan biri.

 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining UNICEF bilan loyihasi doirasida ona tili fanidan Milliy o‘quv dasturi yaratilishida ishtirok etgan.

 

Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

Iroda Azimova 1 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 darslik, OAK va xalqaro nashrlar hamda respublika konferensiyalaridagi 10 ga yaqin maqolalar muallifi.

photo_2026-02-04_16-38-16

Hayitov Akmal Xolboyevich

E-mail: akish-88@bk.ru
Tel: +998 97 441 41-15
Webpage: –

Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.

Lavozimi:

University of Business and Science Toshkent filialida o’quv ishlari bo’yicha prorektor .

O’zbekiston ta’lim sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega, Falsafa fanlari bo’yicha PhD darajasiga ega ta’lim sohasidagi mutaxassis. Kasb-hunar ta’limi va o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida sifat nazorati, xizmat ko’rsatish davrida o’qituvchilar uchun o’quv dasturlarini ishlab chiqish, va kattalar uchun o’quv kurslarini ishlab chiqish va boshqarish bo’yicha mutaxassis. Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limda ta’lim islohotlarini amalga oshirish, salohiyatni oshirish va kompetentsiyaga asoslangan yondashuvlarga e’tibor qaratgan holda o’quv dasturlarini ishlab chiqishda tajribaga ega. O’zbekistondagi kasb-hunar ta’limi islohot tashabbuslarini (2018-2024) va ta’limda sifat nazorati tizimlarini chuqur biladi.

Ta’lim

  • Falsafa fanlari bo’yicha PhD – Dotsent v.b.
  • Magistratura – O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2014)
  • Bakalavr – Toshkent davlat madaniyat instituti (2012)
  • Malaka oshirish – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi (2024)

Ish tajribasi

University of Business and Science Toshkent filiali o’quv ishlari bo’yicha prorektor (2024-Hozirgi kunga qadar)

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar institutida Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini o’quv metodik ta’minlash boshqarma boshlig’i (2023-2024)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi muassasalarini akkreditatsiya qilish bo’limi bosh mutaxassisi (2020-2022)

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, «Xalq ijodiyoti» fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini (2019-2020)

Milliy rassomlik va dizayn instituti, Dizayn fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini (2018-2019)

Milliy rassomlik va dizayn instituti, Dizayn fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan muovini (2017-2018)

Milliy rassomlik va dizayn institutida ishlab chiqarish ta’lim ustasi (2016-2017)

Boytqo’rg’on xizmat ko’rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida axborot resurslar markazi rahbari (2014-2015)

Milliy rassomlik va dizayn institutida o’quv-uslubiy bo’limi dispetcheri (2014),

w12

Jalilov Komil Qudratovich

E-mail: komil.djalilov@gmail.com
Tel:
Webpage: https://kitobxon.com/…

“ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi

TEAMda katta o‘qituvchi. Prezident agentligi tasarrufidagi ijod maktablari uchun 11-sinf Adabiyot darsligi muallifi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘qituvchisi.

Komil Jalilov – 1979-yil 18-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

2000-yil Samarqand davlat chet tillar instituti, 2002-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini va 2018-yil London universiteti kolleji Ta’lim instituti magistraturasini (University College London UCL Institute of Education, UK) tamomlagan. AQShning Kolumbiya universitetida (Columbia University, New York, USA) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida (Westminster International University in Tashkent) pedagogika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirgan. Faoliyati davomida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qator xalqaro loyihalarda ishlagan, JIDU qoshidagi akademik litsey, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litsey, Moskva davlat universiteti Toshkent filiali, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti singari ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatini olib brogan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidagi faoliyati davomida chet tillarni bilish darajasini baholash milliy test tizimining shakllanishida bevosita ishtirok etgan.

Hozirda qaysi fandan dars beradi?

Ta’limda baholash nazariyasi va metodologiyasi

Malaka oshirganligi: 2016.

Ilmiy qiziqishlari: Filologiya fanlarini o‘qitish metodikasi, ta’limda baholash va uning ta’lim samaradorligiga ta’siri.

Xalqaro loyihalardagi ishtiroki:

AQSHning Kostal Karolina universiteti (Costal Carolina University) “Jahon adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda  “XX asr va zamonaviy o‘zbek hikoyalarining ingliz tiliga tarjimalari” (2013-2018) loyihasi doirasida Erkin A’zamning “Stupka” hikoyasini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan.

Mahalliy loyihalardagi ishtiroki:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining UNICEF bilan loyihasi doirasida adabiyot fanidan Milliy o‘quv dasturi yaratilishida, shuningdek, adabiyot, o‘zbek tili va xorijiy tillar fanlari uchun Milliy o‘quv dasturi baholash komponenti yaratilishida ishtirok etgan.

Qaysi xalqaro grantlar g‘olibi?

Amerika Qo‘shma Shtatlari – Fulbright dasturi (2007-2008): mazkur grant doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu York shahridagi Kolumbiya Universitetida “Pedagogik psixologiya va til ta’limi” yo ‘nalishida malaka oshirgan, shuningdek, mazkur universitetda o‘zbek tilidan saboq bergan.

Buyuk Britaniya – Chevening dasturi (2017-2018): mazkur grant doirasida London universiteti kolleji Ta’lim institutini “O‘quv dasturlari, pedagogika va baholash” magistratura mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Asosiy ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari:

“Baholash nazariyasi asoslari (pedagogik o‘lchovlar, testologiya)” (2020-yil)

“Exam Skills for Teachers and Learners of English” (2016, 2018-yillar)

2Y4A4718

Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi

E-mail: nilufar_abduraxmonova@gmail.com
Tel: +998971883035
Webpage: https://scholar.google.com/…

OʻzMU professori, filologiya fanlari doktori, professor.

Lavozimi: O’zM «Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik» kafedrasi mudiri

Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi filologiya fanlari doktori, professor NLP, korpus lingvistikasi, mashina tarjimasi, nutq sintezatori, amaliy tilshunoslik, kompyuter leksikografiyasi hamda tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlarida tadqiqot olib borayotgan yetuk olima.

Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi 1987- yil 24-aprelda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tavallud topgan.

U 2009-yil O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti bakalavr yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2011-yil mazkur universitetning magistraturasi lingvistika mutaxassisligini tugatgan.

2013-2017-yillarda O‘zMU va ToshDO‘TAU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bo‘lgan. 2016-yildan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matematika va axborot kommunikatsion texnologiyalar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan.

2018-yil professor Hamidulla Dadaboyev rahbarligida “Inglizcha matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minoti” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2020-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.

2021-yildaO‘zbek tili elektron korpusining kompyuter modellari” nomli filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatatsiyasini himoya qilgan.

2022-yilda 1 nafar PhD dissertatsiyaga rahbarlik qilgan.

2022-yildan aprel oyidan beri O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Nilufar Abduraxmonova 4ta xalqaro, 4ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy loyiha ishtirokchisi.

N.Abduraxmonova bir qator til texnologiyasi va kompyuter lingvistikasiga doir nufuzli xalqaro konferensiyalarning dastur a’zosi hisoblanadi.

2018-yil O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati bo‘lgan hamda Litvadagi Vitautas Magnus universitetida Korpus texnologiyasi va Kompyuter lingvistikasi sohalari bo‘yicha malaka oshirgan.

2018-2019 yillarda Erasmus+ loyihasi doirasida Ispaniyaning Koruna universitetida  hamda Polshaning Adam Miskiyevich universitetida Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha malaka oshirgan.

2019-yil, 4-6-dekabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida YUNESKO tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Til texnologiyasi hamma uchun (LT4all)” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning maxsus eksperti sifatida ishtirok  etgan.

2020-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III respublika tanlovining “Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasi bo‘yicha mutloq g‘olibasi bo‘lgan. Shuningdek, N.Abduraxmonova ushbu yo‘nalishda Koreya innovatsion ayollar assosatsiyasining xalqaro maxsus sertifikati bilan mukofotlangan.

2021-yilda N.Abduraxmonova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-analiy loyiha yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbek tilining ko‘p modulli elektron platformasi” uchun II o‘rin bilan taqdirlangan.

N.Abduraxmonovaning  jami 200 ta ilmiy ishi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiyasi komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 40 ta maqola (shundan 6tasi xorijiy jurnalda), 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik, 2 ta lug‘at, 20 ta mualliflik guvohnoma, 1ta Web of science va 5 ta Skopus bazasiga indekslangan nufuzli xalqaro konferensiyada hamda Respublika va xorijiy konferensiyalarda 80 ta ilmiy maqola va tezis e’lon qilingan.

Abduraxmonova oilali, uch nafar farzandning onasi.