Xalqaro seminar
Joriy yilning 25-oktabr kuni ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazi “O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek tilshunosligi ” yo‘nalishi tinglovchilariga Xitoy xalq respublikasi Shanxay universiteti professori Ma Suiling (Xan Yuu) tomonidan “Til o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminar doirasida tinglovchilar til ta’limidagi zamonaviy yondashuvlarning kelib chiqishi, o‘rni, bugungi kun o‘quvchisi uchun muhim bo‘lgan jihatlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Seminardagi sohaga oid savol-javob, qiziqarli muhokama va munozaralar tinglovchilar uchun foydali, yangiliklarga boy bo‘ldi.








