2022- yil 3- oktyabr kuni ToshDO’TAU huzuridagi tarmoq markazi va BIMM bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti professorlari Dr Stephen Corbett, Marjorie Huet-Martin, Mr Andrew lar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv doirasida Londondagi ta’lim tizimi, o’qituvchilarning malaka oshirish jarayonlari, ona tilini o’qitish va uning ahamiyati, oliy ta’limning turli sohalarida ona tilining ahamiyati, ilmiy tadqiqot olib borish va tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, grantlar loyihalar, yozgi maktab va hamkorlikda ishlash masalalarida fikr almashildi. Malaka oshirish markazi tinglovchilari va magistrantlar ishtirokida o’tgan uchrashuv kreativ va qiziqarli savol javoblarga boy o’tdi. Uchrashuv so’ngida o’zaro hamkorlik o’rnatish va memorandum imzolashga kelishildi.






