Joriy yilning 14-aprel kuni ToshDO‘TAU huzuridagi tarmoq markazida aprel oyi tinglovchilari uchun Afg‘onistonda o‘zbek tili taraqqiyoti va rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan olim, filologiya fanlari nomzodi, xalqaro jurnalist va siyosiy tahlilchi Azizulloh Arral bilan “O‘rta Osiyoda o‘zbek tili, madaniyati va adabiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidavebinar tashkil etildi. Makur vebinar Zoom dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilindi. Uchrashuv davomida taniqli olim respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilarga O‘rta Osiyo, xususan Afg‘onistondagi bugungi ta’lim tizimi va ushbu ta’lim tizimida o‘zbek tilining o‘rni va rivoji bo‘yicha qilingan va qilinishi zarur bo‘lgan ishlar haqida o‘z tajriblari va bilimlarini ulashdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Azizulloh Arral bilan yana bir bor uchrashuv tashkil etishga kelishildi.







