
Har qanday mustaqillikning mustahkamlanishida og‘ir va sabrli mehnat, fidokorlik yotadi. Mustaqil yurtimiz istiqlol yillarida bunday mashaqqatli davrlarni boshidan o‘tkazar ekan, o‘tgan yillarninghar bir kuni yurtimiz istiqboli uchun zamin yaratishga, turli islohotlarga, bunyodkorlik ishlariga qaratildi. Istiqlolimizning o‘tgan 30 yillik mafkuraviy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlarga boy davri xalqimizda yangicha dunyoqarash hosil bo‘lishida zamin tayyorladi. Ayniqsa, yurtimizda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan keng miqyosdagiyangilanishlar, amaliy ishlar fikrimizning dalilidir.
Mustaqil va bag‘ri keng yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir qobiliyatli, yosh avlod borki, Yangi O‘zbekistonning yangi imkoniyatlaridan mamnundir. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan yangi islohotlarning barchasidayosh avlodning bilim olishi, ular uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar hamda yangi imkoniyatlarningjoriy qilinib borishi yoshlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yuksak namunasidir.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Yoshlar – xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi. Keng ko‘lamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ular hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilg‘or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o‘g‘il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi o‘rin tutadi”.
Shu o‘rinda aytish mumkinki, yurtboshimiz tomonidan yoshlar, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun keng imkoniyatlar eshigining ochilganligi iqtidorli,yosh avlod ongida o‘zi yashayotgan yurtidan mamnunlik hissini uyg‘otib, ularda ham yuksak bilim olishiga hamdakelajakda dunyo taraqqiyotiga daxldor yutuqlarga erishishida shijoat bag‘ishlamoqda.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir HamidovichToshqulov “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2021 yil 7 sentyabrdagi “Shaxsiy mas’uliyat va qat’iy ijro intizomi – oliy ta’lim islohotlar muvaffaqiyati garovi” mavzusidagi maqolasida: “Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalari yuqori sifatli oliy ta’limga ega bo‘lishning tubdan yangi darajasiga o‘tishni talab etadi. Shunga asoslanib, bugungi kunda, O‘zbekistonda yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovini kengaytirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda”, deya ta’kidlaydi. Darhaqiqat, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalari 3 barobar miqdorida oshirilganligi va 171 ming nafar yoshning yangi o‘quv yilida talaba bo‘lish imkoniyatiga erishganligi quvonarli holdir.Yosh avlodning yetarlicha, zamonaviy innovatsiyalar bilan zamonaviy sharoitlarda bilim olishi uchun yaqin besh yilda yurtimizda anchagina oliy ta’lim muassalari barpo qilindi.




