Joriy yilning 25-aprel kuni ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi O’zbek tili filologiyasi: o’zbek adabiyotshunosligi yo’nalishi tinglovchilari uchun AQSH Texnologiya universiteti professori, filologiya fanlari doktori Parveen Kumar tomonidan «Pedagoglarda professional malakalarni rivojlantirish» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar davomida tinglovchilarga zamonaviy pedagog imidji va modelini ishlab chiqish, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, kreativ kompetentsiyalarini rivojlantirish, o‘z-o‘zini kasbiy va shaxsiy takomillashtirib borish yo’llari haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminarda O’zbek tili va adabiyoti, Biznes va fan, Renessans ta’lim universitetlaridan ham talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuv mobaynida tomonlar kelgusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar va qo‘shma loyihalar tashkil etish bo‘yicha fikr almashib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Related items
Xorijiy seminar
25-aprel soat 12:30da ToshDO’TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi O’zbek tili filologiyasi
Xalqaro seminar
Joriy yilning 6-mart kuni soat 10:30da TDO’TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi «O’zbek ti
Xalqaro seminar
Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va ad




