Joriy yilning 5-may kuni TDO’TAU huzuridagi PKQTMOTM «O’zbek tili filologiyasi: o’zbek tilshunosligi» yo’nalishi tinglovchilari f.f.d., prof. Z.I.Mirzayeva boshchiligida «Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari» moduli doirasida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Sayyor mashg’ulot davomida tinglovchilar maʼnaviy-madaniy markaz sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirib, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qilayotgan milliy kutubxonamiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar. Shuningdek, kutubxona fondidan foydalanish, elektron kataloglar bilan ishlash, tadqiqot ishlariga yaqin dissertatsiyalardan iqtiboslar olish, oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhorlarning ilk nashr etilgan asarlarini ko’rish, nodir nashrlar va toʻplamlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Related items
Onlayn ma’ruza
15-aprel kuni Oliy ta’lim kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tom
Markazimiz faxri.
Aftondil Erkinov – f.f.d., professor. O‘zbekiston va xalqaro ilmiy jamoatchilik orasida al
Kirish_darsi
Joriy yilning 7-aprel kuni ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazida masofaviy o’qitis





