

Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari Hindistonning nufuzli- Jamia Millia Islamia universitetida tashkil etilgan “Cultural, Social, and Political Transformation in Post-Colonial States: Focus on Uzbekistan and Korea” nomli xalqaro seminarida o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib qaytdilar. Seminarda global madaniy, ijtimoiy- siyosiy muammolar O’zbekiston, Koreya va Hindiston kontekstida tahlil qilindi. Bildirilgan takliflar, fikr mulohazalar kelgusida mamlakatlararo ilmiy-ijodiy hamkorliklarni rivojlantirishga zamin yaratdi.
🔗Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram | Facebook | Youtube | Sayt




